Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— O‘g‘lim, bor, qo‘shnimizdan bolg‘asini so‘rab tur!
...— Berishmadi ada...
— Odamlar muncha ziqna bo‘lishmasa. Biror joyi kamayib qoladimi!? ...Kir, ichkaridan o‘zimizni bolg‘ani olib chiq!
15
Bir kuni sanatkor er to‘ydan kelib, xotiniga:
— Mana yigirma ming so‘m! Olib qo‘y! Bu pullar dutorimni ikkita torini hurmati. Har biriga o‘n mingdan berishdi, - desa, xotini o‘ylanib turib:
— Chang chaladigan sanatkorga erga tegsam bo‘larkan, - dermish.
59
Besh yoshli qizaloq xonani burchagida turib, onasiga debdi:
— Oyijon, shu ishingiz to‘g‘rimi?
— Yomon hulqing uchun seni jazoladim. O‘sha joyda tur!
— Yosh bo‘la turib, shu burchakda, siz haqingizda yomon fikrlay boshlayapman! Yaxshi emas, oyijon!
72
Afrosiyob poyezdida Buxoroga ketayotgan yo‘lovchi yoniga nazoratchi kelib debdi:
— Sizni biletingiz oddiy poyezd uchun. Bu - tezyurar poyezd. Marhamat qilib qo‘shimcha to‘lov qilsangiz!
Yo‘lovchi pinagini buzmay:
— Men shoshilayotganim yo‘q. Mashinistga ayting, sekinroq ketaversin!!!
102
Maktabda o‘qib yurganimda dam olish kunlarini orziqib kutardim. Yakshanba — dam olardim.
Institutda o‘qigan paytimda menga baribir edi. Chunki faqat sessiya vaqtida o‘qirdim.
Hozir menga umuman farqi yo‘q. Chunki bir yilda 365 kun ishlayman.
98
Televizordagi reklamadan:
“Har tong uyg‘onganingizda o‘rningizga qahva olib kelishsa yaxshi. Lekin o‘rindig‘ingiz bilan siz istagan kafega eltib qo‘yishsa, undan-da a’lo bo‘ladi!”.
105
— Agar men boshimni pastga, oyog‘imni osmonga qilib tursam, qon boshimga keladimi?
— Albatta, janob.
— Unda nega tik turganimda, qon oyoqlarimga to‘planib qolmaydi?
— Chunki oyoqlaringizni ichi bo‘m-bo‘sh emas-da!
130
Yosh bolakay onasiga kelib:
— Oyijon, men hisoblashni o‘rganib oldim.
— Juda-yam yaxshi. Nimani hisoblashni o‘rganding?
— Men hammani ahmoq deb hisoblayman!
114
Xotin erta tongda eriga:
— Azizim, tushimda menga tilla zanjir sovg‘a qilgan emishsiz. Bu nimani anglatarkin-a?
— Kechqurun bilasan, - debdi eri.
Xotin erining kelishiga chiroyli dasturxon bezatibdi-da, o‘zi ham yasanib olibdi. Eri kelishi bilan nozlanib erkalanib:
— Menga nima olib keldingiz?, - desa, eri:
— Mana, “Tushlar ta’biri” kitobi. Ushla, bu senga! Boshqa boshimni qotirma!, - dermish.
119
— Ertalab uyg‘onganingda sendan maktab, institut yoki ish? Qaysi biriga borishni xohlashingni so‘rashsa, sen nima degan bo‘larding.
— Men bog‘chaga degan bo‘lardim.
108