Bir odam uzoq vaqt komada yotib, kasalxonada o‘ziga kelibdi.
Xotini:
— Xayriyat-ey, dadasi o‘zizga keldizmi, ahvoliz yaxshimi?
— Xotin men necha kun yotdim?
— Uch kecha-yu, uch kunduz yotdiz.
— Shuncha payt oldimdan ketmay yonimda o‘tirdingmi-a?
— Ha, dadasi boshqa qayerga ham boraman, sizi yonizda o‘tirmasam xotin bo‘lib nima qilib yuribman?!
— Hamma og‘ir damlarda yonimda bo‘lding, esingdami yaxshigina ishimdan bo‘shatishganda ham menga dalda berganding, meni dushmanlarim kaltaklab ketganda ham yonimda turding, biznesim bankrot bo‘lganda ham hech qayerga ketmading, sog‘ligim yomonlashganda ham uzoqlashmading, bilasanmi hozir men nima haqida o‘ylayabman?
— Nima haqida dadasi(mag‘rur yumshok ovozda)?
— Sen yonimda bo‘lsang, menga faqat baxtsizlik kelayabdi.
Bir kuni podsho Afandining o‘g‘lini huzuriga chaqirdi. Bolaning qaddi-qomati, qoshi-ko‘zi xuddi otasinikiga o‘xshar edi. Uning aqlini ham otasinikiga o‘xshash-o‘xshamasligini sinash uchun bolaga bir tilla bergan edi, u pulni sira olmadi.
— Nega tillani olmaysan?
— Onamdan qo‘rqaman, u begona odamdan pul olmagin degan.
— Yasha,— xursand bo‘ldi podsho,— men onang aytgan begona odam emas, hukmdoring bo‘laman, ola ber!
— Men podsho ekanligingizni bilaman, onam bunga baribir ishonmaydida.
— Nima uchun?—hayron bo‘ldi podsho.
— Agar podsho pul bersa, bir tilla emas, kuproq berar edi, deydi-da.
Kitob do‘koniga kirib "Muammolaringizni yarmini tez va oson hal qiling" degan kitobni ko‘rib qoldim. Agar shu kitobdan ikkita bo‘lsa, hamma muammolar hal bo‘larkan deb 2 ta kitob sotib olaqoldim.
Bir harbiy odam uyiga kelsa, xotini nolibdi: "Bugun kun bo‘yi biror martta o‘tirmadim. Faqat tik oyoqda bo‘ldim..." Buni eshitgan er xotiniga debdi: "50 marotaba o‘tirib-turilsin!"
Restoranga kirib ovqatlanayotgan xo‘randa ofitsiantni chaqirib debdi: — Kechirasiz, restoran musiqachilari pullik xizmat ko‘rsatishadimi? — Ha, - debdi ofitsiant. — Unda men pulini to‘layman, iltimos, biroz musiqa chalmay turishsin, men ovqatlanib olay...! - debdi xo‘randa.