Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
O‘g‘li kechqurun o‘qishdan yangi avtomobil haydab kelganini ko‘rgan ota:
— Qayerdan olding buni? - deb so‘rabdi.
— Ko‘chada bir ayol ikki ming so‘mga sotdi, - debdi.
Otasi:
— Esing joyidami? Kim mashinani ikki mingga sotadi?, - desa, o‘g‘li:
— Bir ayol deyapman-ku! Uni eri jazmani bilan ketib qolibdi. Xotiniga esa, — Menga tegishli hamma mol-mulkni sotib, pulini menga jo‘natib yubor!, - debdi.
Aytganday, sizlarga to‘rt xonali uy sotib oldim, besh ming so‘mga!
Ikkita jinni tortishib qolishibdi.
Birinchisi olma daraxtiga qarab turib:
— Bu yil mana shu daraxt ikki tonna olcha beradi, - debdi.
Ikkinchisi esa:
— Yo‘q, bu daraxt bu yil bir tonna shaftoli beradi, - debdi.
Shu payt shifokor kelib qolibdi. Suhbatni eshitib turib:
— Axir, bu daraxt anor-ku! - dermish.
Xotin eriga javray boshlabdi:
— Sizga nechi martta aytaman, ichimlik olayotganingizda qarang, sharbatlarga 100 foiz deb yoziladi.
Gazli ichimliklarga 50 yoki 80 foiz deb yoziladi. Nektarlarga 40 foiz deb!
Eri xursand bo‘lib:
— Ana aytdim-ku xotin, aroq - bu nektar deb, - dermish.
— Keling singlim! Nima xizmat?
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!
Telegramdagi suhbatda:
— Siz juda-yam go‘zal qiz bo‘lsangiz kerak?!, - so‘rabdi yigit.
Qiz:
— Nega unaqa deb o‘ylayapsiz?, - debdi qiz nozlanib.
Yigit:
— Tabiat bunday ahmoqlik bilan faqat go‘zallikni uyg‘unlashtira oladi-da...