Ikkita jinni tortishib qolishibdi.
Birinchisi olma daraxtiga qarab turib:
— Bu yil mana shu daraxt ikki tonna olcha beradi, - debdi.
Ikkinchisi esa:
— Yo‘q, bu daraxt bu yil bir tonna shaftoli beradi, - debdi.
Shu payt shifokor kelib qolibdi. Suhbatni eshitib turib:
— Axir, bu daraxt anor-ku! - dermish.
Xotin eriga javray boshlabdi:
— Sizga nechi martta aytaman, ichimlik olayotganingizda qarang, sharbatlarga 100 foiz deb yoziladi.
Gazli ichimliklarga 50 yoki 80 foiz deb yoziladi. Nektarlarga 40 foiz deb!
Eri xursand bo‘lib:
— Ana aytdim-ku xotin, aroq - bu nektar deb, - dermish.
— Keling singlim! Nima xizmat?
— Idorangizga ishga kirmoqchi edim...
— Yaxshi. Faqat talablarimiz bor. Masalan, 90x60x90, ...
— 486 ming!
— Hali oxirigacha aytib ulgurmadim-ku... Mayli bizga hisobchi ham kerak edi, olamiz!
Telegramdagi suhbatda:
— Siz juda-yam go‘zal qiz bo‘lsangiz kerak?!, - so‘rabdi yigit.
Qiz:
— Nega unaqa deb o‘ylayapsiz?, - debdi qiz nozlanib.
Yigit:
— Tabiat bunday ahmoqlik bilan faqat go‘zallikni uyg‘unlashtira oladi-da...
E’lonlar saytidan:
— Juda-yam aqilli kuchukcha yo‘qolib qoldi. Sharik, agar ushbu e’lonni o‘qiyotgan bo‘lsang, uyga qo‘ng‘iroq qil yoki telegrammdan xabar jo‘nat!