Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bayramni ertasiga boshliq hamma xodimlarni majlisga yig‘ibdi. Kayfiyati yo‘q, avzoyi buzuq, xodimlarga qarab:
— Kecha bayramda kim ichdi? - deb savol bersa, hech kim indamabdi. Boshliq yana:
— Yana bir marta so‘rayman, kecha kim ichdi? Yana hamma jim.
— Oxirgi martta so‘rayapman. Kecha kim ichdi, - desa, bir xodim o‘rnidan turib, qo‘rqib:
— Men ichgandim, - desa, boshliq
— Siz men bilan yuring! "Bosh og‘riq" qilamiz. Qolganlar ishini qilsin! -dermish.
Oldinlari qizlar meni orqamdan rosa yugurishardi. Hatto ba’zilari uyimgacha quvlab kelardi. Hozir bo‘lsa yugurishmay qo‘yishdi. Chunki qizlarni sumkasini o‘g‘irlamay qo‘ydimda.
Tog‘da yashaydigan bir odam zebra sotib olibdi va qo‘shnilariga maqtanish uchun zebrani minib qishloqni aylanib yursa, bitta qo‘shnisi:
— Men ham minib ko‘rsam maylimi? - deb so‘ragan ekan,
— Mayli, - deb, unga zebrani beribdi. Qo‘shnisi zebrada bir aylanib kelib:
— Inomarka baribir boshqacha-da... - dermish.
Bir tanishim gapirib berdi. U ishxonada biror qiyinchilikka duch kelsa, cho‘ntagidan xotinini suratini olib, qarab qo‘yarkan-da, darhol tinchlanarkan.
Xotinini suratiga qarab shunday der ekan:
"Yetti yildan beri shu shallaqi, janjalkash, vaysaqi bilan yashab kelyapman-ku, ishxonadagi qiyinchiliklar buni oldida nima bo‘pti?! Hammasi joyida!"