Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Sinf xonasiga kirib kelgan o‘qituvchi sumkasidan bir narsani uzoq qidirib:
— Ko‘zoynagim uyda qolib ketibdi shekilli, - dedi asabiylashib.
Shunda 30 ta bola bir ovozdan:
— O‘ziz qolib ketmabsiz-de...! - dermish.
Ikkita yangi o‘zbek, shahar restoranida ovqatlanib o‘tirishsa, bittasi:
— Ofitsiant bizga zuba chictka bering? desa, - sherigi:
— Bo‘ldi, meni qornim to‘ydi, - dermish.
Boshliq kotibasiga tayinlabdi:
— Bu hujjat juda-yam muhim! Uni xavfsiz, tez topiladigan joyga qo‘ying!
Kotiba:
— Stolimdagi atir-upalarimni yoniga qo‘yishim kerak ekan-da!
Er xotiniga debdi:
— Xotin, agar seni tish tozalagichingda adashib men tishlarimni yuvgan bo‘lsam, nima qilgan bo‘larding?
— Zudlik bilan yangisiga almashtirardim! Nima, meni tish tozalagichimdan foydalandingizmi??? Rostini ayting!
— Yo‘q, yo‘q!
— Qurib ketsin! Endi baribir almashtirishimga to‘g‘ri keladi!!!
Ikki yaqin dugonalar suhbatlashmoqda:
— Eshitishimcha, yigiting bilan ajralishibsizlar...?
— Ha!
— Nima bo‘ldi? Orangizdan biror gap o‘tdimi?
— Masalan sen, har kuni ichadigan, tinimsiz chekadigan, so‘kinib gapiradigan va hatto qo‘l ko‘taradigan odam bilan birga yashay olarmiding?
— Yo‘q, albatta!
— U ham bunga chiday olmadi.
Yaxshi qiz, men bilan kinoga tushasizmi?
— Mayli...
— Yigitingiz rashk qilmaydimi ishqilib?
— Meni yigitim yo‘q. Uni erim konsertga birga tushganimiz uchun urib o‘ldirib qo‘ygan!
Ikkita o‘qituvchi darsdan keyin restoranga borib o‘tirishibdi. Hadeganda ofitsiant kelavermabdi. Shunda o‘qituvchilardan biri restoran menejerini chaqirtirib shikoyat ohangida debdi:
— Qachondan beri o‘tiribmiz. Nega ofitsiantlar bizdan buyurtma olishga kelishmayapti, kelib qarashmayapti? - desa, menejer:
— Bizdagi ofitsiantlarni hammasi sizni talabalaringiz ekan. Shunga “Sen qara, sen qara!”, - deb oshxonada berkinib turishibdi, - dermish.
Yosh kelin ertalab oshxonaga chiqibdi-yu, aksira boshlabdi.
Birinchi aksirganida kulib:
— Bunisi Yanvar, - debdi.
Birozdan keyin ikkinchi martta aksirib:
— Endi bunisi Fevral, - debdi. Shunaqa qilib, Mart, Aprel, May, Iyun, Iyul, ...
Bir payt orqasiga o‘girilib qarasa, qaynotasi o‘tirgan ekan. Kelin:
— Voy, adajon ko‘rmabman sizni. Anchadan beri o‘tiribsiz? - desa,
Qaynotasi:
— Yanvardan beri o‘tiribman, - dermish.