Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Qahraton qishda afandining uyiga mehmon kelibdi. Afandi issiq sandalda dutor chalib o‘tirgan ekan. Duoi fotihadan so‘ng mehmon so‘radi:
— Yangamiz ko‘rinmaydilar?
— Tashqarida o‘tin yoryapti.
— Siz issiq uyda dutor chalib o‘tirsangiz, ayolingiz sovuqda o‘tin yorsa, shuyam insofdanmi?, - debdi mehmon.
— Yangangiz dutor chalishni bilmasa, nima qilay?
Bankomat yoniga bir ayol o‘g‘li bilan keldi.
— Hozir pul olib, ikkalamiz do‘konga boramiz, - dedi ona va bankomatga plastik kartochkasini qo‘yib, u yerdan pul oldi.
Buni ko‘rgan bola hayratlanib onasiga:
— Oyi, buni ichida dadam o‘tiribdilarmi?, - dermish...
Bir kuni Afandi bilan xotini hayvonot bog‘iga borishibdi. Xotini hayvonlarga qarab yig‘laganini ko‘rib, uning yoniga borib mehribonlik bilan so‘rabdi:
— Xotin nega yig‘layapsan?
— Dadasi qarang, shuncha shuba bekorga yotibdi-ya.
Ikki do‘st doktorga borgan ekan. Doktor ulardan biriga:
— Ertaga sen xotirangni batamom yo‘qotasan, - debdi.
Do‘stlardan biri ikkinchisiga qarab:
— 1000 so‘m qarz berib tursang-chi, - dermish
O‘rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to‘rida o‘tirgan edi, eshon kirib keldi.
— Qani, taqsir, buyoqqa o‘tsinlar, - deb, unga o‘z joyini bo‘shatib berdi.
Imom domla kirib keldi. Unga ham joy bo‘shatib, o‘zi sal pastroqqa o‘tirdi.
Keyin ellikboshi, birmuncha boyonlar kirib kelishdi. Afandi:
— Qani yuqoriga, yuqoriga, - deb, ularni ham to‘rga o‘tqizvordi.
Bundoq qarasa, o‘zi poygakka tushib qolipti. Afandining diqqati oshib turgan edi, eshikdan bir ko‘ppak it mo‘raladi. Ikkala qulog‘idan cho‘zib uni ham ichkariga tortdi-da:
— Bor, sen ham to‘rga chiq! - dedi.
Bir ayol farzand tug‘ishda chaqaloqni yuqori tezlikda tug‘armush! Doktorlar bolani ushlab qololmay bola mayib bo‘lib qolarkan. Shunda chora topilibti. Futbol darbozabonini olib kelishibdi. Bola "PAQ" etib uchib chiqibdi. Chaqaloqni ushlab qolgan darvozabonni doktorlar olqishlashdi. Darvozabon kasbiga sodiq qolib "ochilila" deb bolani maydonga tepib yuboribdi.