Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir qari chol baliq ovlab o‘tirgan ekan, militsiya kelib debdi:
— Otaxon bu yerda baliq tutish mumkin emas!
— Men baliq tutmayapman, chuvalchang cho‘miltiryapman, - debdi chol.
— Axir chuvalchangni ta’qiqlangan joyda qip yalang‘och cho‘miltiryapsiz.
17
Ikkita jinni devorga mix qoqmoqchi bo‘libdi.
Birinchi jinni mixni teskari ushlab olib, devorga qoqa boshlabdi. Hech kiravermabdi.
Shunda ikkinchi jinni:
— E, ahmoqmisan?! Bu mixni bu tarafdagi devorga qoqish kyerak, - degan ekan.
19
O‘quvchi Teshavoyga tanbeh beribdi:
— Har kuni besh baho olarding. Bugun uyga vazifani bajarmaganing uchun ikki qo‘yaman. Mana "2" senga. Teshavoy qizishib debdi:
— Ustoz, dadamga aytuvdim, uyga vazifani bajarmasangiz o‘qituvchimiz ikki qo‘yadi deb. Oyim uyda yo‘qligi uchun dadam uyga vazifani bajarolmadi.
15
Og‘zida tishi yo‘q bo‘ri qo‘ylarni oldiga borib qo‘ylarni yalab-yalab qaytar ekan...
14
Bir ovsar yo‘lda ketayotib, hamyon topib olibdi. Ichini ochib qarasa tilla tangalar bilan birga kichkina ko‘zgu ham turgan ekan. Ovsar ko‘zguni olib, o‘z aksini ko‘rib qolibdi-yu, " Kechirasiz, bu hamyon siznikimidi!?" deb uni topib olgan joyiga qo‘yib kelgan ekan.
15
Ayollar uydagi hamma ishlarni bajarishsa, qaynonalarga sezilmaydi.
Agar o‘sha ishlarni bajarishmasa, darrov seziladi...
17
Ikkita homilador ayol bekatda suhbatlashib o‘tirishgan ekan:
— Siz nima kutyapsiz?
— Qiz. Siz-chi?
— O‘g‘il.
Yosh bolakay suhbatni eshitib turib, sal nariroqda o‘tirgan cholni yoniga borib debdi:
— Amaki siz nima kutyapsiz?
Qariya:
— Avtobus, - degan ekan.
16
Bir ayol taksi to‘xtatib boradigan manzilini aytibdi. Haydovchi:
— Nechi pul berasiz? - debdi.
Narxini aytibdi ayol.
— Ha, yo‘q! Benzin oshdi, kam bu puliz, - deb ketib qolibdi.
Yana taksi to‘xtabdi. U ham rozi bo‘lmabdi.
5-6ta taksidan keyin oxiri bittasi "O‘tiring" debdi.
Ayol taksichiga:
— Hamma taksichilar benzin oshdi deb olishmadi. Siz insofli ekansiz, - desa, haydovchi:
— Ha, yo‘q. Men kechagi benzinda yuribman, - dermish.
15
Bir oligarx kasodga uchrab, bu haqda rafiqasiga ma’lum qilibdi.
— Bilasanmi, biz "Mersedes"ni sotib, "Lada" sotib olishimizga, Rublyovkadagi dang‘illama uyimizni sotib, Moskvadagi kvartiramizga ko‘chib o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Biroq sen meni shunda ham sevaverasan-ku, to‘g‘rimi?.
Rafiqasi esa unga:
— Ha sevaveraman va juda sog‘inaman, - deb javob qaytaribdi
13
Tungi barlardan biriga it yetaklagan kishi kirib hammaga debdi:
— Meni itim gapira oladi!
Hech kim ishonmabdi va shu yerni o‘zida bahs boshlanib, garovga pul tikilibdi.
Haligi kishini iti hech narsa gapirmabdi. Katta pulni boy bergan xo‘jayini ko‘chaga chiqib, itga baqira boshlabdi:
— Nega bila turib gapirmading? Axir shuncha pul yutqazib qo‘ydim-ku!!!
Shu vaqt it tilga kirib:
— E, xo‘jayin! Lekin ertaga biz qancha pul yutib olishimizni bilsangiz edi...!
15