Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Oylik maoshini olgan ishchi kassirga qarab debdi:
— Siz menga adashib, 50 ming kam berdingiz!
Kassir:
— O‘tgan safar sizga 50 ming ko‘p berib yuborgan ekanman. Nega o‘shanda adashganimni aytmadingiz? - desa, ishchi dermish:
— Bir martta adashsangiz mayli, kechirdim. Ikkinchisiga qarab tura olmayman-ku!!!
Bir ayol e’lonlar agentligiga murojat qilibdi:
— Iltimos saytingizga e’lon joylashtirsangiz. Kuchuk bolasi yo‘qolib qoldi. U hali juda-yam kichkina...
— Surati bormi?
— Ha, mana!
— Axir bu erkak kishini rasmi-ku...?
— Bu meni erim. Yo‘qolgan kuchukchamiz uning qo‘llarida turibdi. Yaxshilab qarang, ko‘rasiz!
Ikkita aroqxo‘r suhbatlashmoqda:
— Eshitganmisan? Shokolad kayfiyatni ko‘tarar emish?!
— Menimcha bu gapni eshitgan odam aroq ichib ko‘rmagan bo‘lsa kerak...
Ishbilarmon kishi chet ellik hamkorlari bilan majlis boshlay turib, kotibasiga:
— Menga qahva, manavi uchta echkilarga esa choy olib keling! - desa, mehmonlardan biri:
— Men tarjimonman! Gapingizni tushunib turibman, - debdi.
Bir-birini "ko‘ra olmaydigan" ikkita dugona uchrashib qolibdi:
— Voy dugonajon, buncha semirib ketding?!
— Iye, bu hali ozganim-ku! Bir oy avval ko‘rganingda edi, huddi sendek semiz edim...
Maktab yonidan o‘tuvchi mashina yo‘li chekkasidagi yozuv:
"Ehtiyot bo‘ling! Bolalar! Urib yubormang!"
Ushbu yozuv tagida bolakaylarning egri-bugri yozuvi qo‘shimcha qilingan:
"Biroz kuting! O‘qituvchimiz chiqadilar!"
Rus tili darsida:
— Segodnya kakaya pogoda?
— Sovuq Mariya Petrovna, maylimi derazalarni yopsak?
— Po russkiy, pojaluysta!
— Ahmoq, tentak, maylimi okna zakrыt?
Bir ayolni eri jag‘ini sindirib, gipsda kasalxonada yotgan ekan. Ko‘rgani kelgan xotini unga:
— Mana azizim, sizga sabzi, turp, olma, rediska olib keldim. Yeb yoting! Keyingi safar nima olib kelay? - desa,
eri gipslangan og‘zi bilan zo‘rg‘a:
— Yong‘oq olib kel! Chaqib yotaman, - dermish.
Onasi qo‘lida kichkina bolakayni ko‘tarib ketayotsa, haligi bola hadeb o‘tgan-ketganlarga, — Jo‘na, yo‘qol, bor ket! - deb baqiraverarkan.
Bir kishi:
— Hoy bola, o‘zi kichkina bo‘lsang, yurishni ham bilmasang... Namuncha yomon so‘zlarni gapiraverasan?! Bas qil! - debdi.
Bolakay:
— Siz-chi, yurishni bilasizmi? - desa, kishi:
— Ha, bilaman, - debdi.
— Unaqada jo‘na, yo‘qol, bor ket! - dermish yana bolakay...
Ikkita mardikor boyni uyini kraska qilishayotsa, boyni qo‘shnisi chiqib:
— Kraskani menga sotinglar - debdi. Mardikorlar boyni otini labiga kraskadan surtishibdi-da, kraskani sotib yuborishibdi. Boy kelsa ish to‘xtagan. Mardikorlar dam olib o‘tirishibdi. Boy hayron bo‘lib:
— Nimaga ishlamasdan o‘tiribsizlar? - deb so‘rasa, mardikorlar otni ko‘rsatib:
— Kraskani otingiz ichib qo‘ydi - deyishibdi. Boy otiga qarasa, labi kraska. Shartta cho‘ntagidan to‘pponchasini chiqarib, otini otmoqchi bo‘libdi.
Mardikorlar boyni to‘xtatib:
— To‘xtang, axir ot kraskadan qimmat-ku! - deyishsa, boy:
— Senlar aralashma! O‘tgan yili bu la’nati ikki tonna sementni ham yeb qo‘ygan edi, - dermish.