Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Azizim, menga nisbatan biror tuyg‘u his qilasizmi?
— Ha, albatta!
— Unda nega qo‘limni so‘ramayapsiz?
— Rahm-shavqat tuyg‘usi bilan turmush qurib bo‘lmaydi-da...
— Allo, salom oyijon! Mendan havotir olmang, men kasalxonadaman.
— Bas qil qizim! Sakkiz yildan beri gapni shundan boshlaysan! Vrach bo‘lib ishlaysan-ku axir.
Qiz yigitiga qo‘ng‘iroq qilib:
— Nega shuncha qo‘ng‘iroq qilsam ham javob bermadingiz?
Yigit telefoniga qarab olib:
— Voy, 23 martta qo‘ng‘iroq qilibsan. Nima gap?
— Bugun uchrashuvimiz bor edi. 11 ta qo‘ng‘irog‘im shunga edi!
— Qolgan 11 tasichi?
— Uchrashuvga nega kelmaganingizni bilmoqchi edim.
— 24-sini-chi?
— Oramiz ochiqligini aytmoqchi edim.
Mast-alast odam oyoqda zo‘rg‘a yurib ketyapti. Bir qadam oldinga, uch qadam orqaga qadam tashlarmish...
Orqasidan kuzatib ketayotgan qari onaxonni rahmi kelib:
— Bolajonim, orqa bilan yuraqolgin! Tezroq uyingga yetib olasan!!! - dermish.
Tunda uyga kirib kelgan o‘g‘rilar:
— Bizga oltin kerak!
Uy egasi:
— Qancha kerak?
O‘g‘rilar:
— 100 kilo!
Uy egasi:
— 106 kilolisi bo‘ladimi?
— Ha bo‘ladi! Olib chiq!
Xotinini chaqirib:
— Oltinoy, chiq! Senga kelishibdi.
Yosh bola bozorda oyisini yo‘qotib qo‘yib, yig‘layotsa, bir odam uni ovutmoqchi bo‘lib:
— Agar oyingni yubkasidan ushlab yursang, uni yo‘qotib qo‘ymasding, - desa, bola xo‘rsinib:
— Ushlamoqchi edim, qo‘lim yetmadi, - dermish.