Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ertalabki tirband avtobusda:
— Keyingi bekatda tushmaysizmi?
— Yo‘q!
— Unda meni eshik oldiga o‘tkazib yuboring.
— Avtobus to‘xtasin, tushib ketasiz!
— Endi o‘tkazib yuboring, tushishim kerak!
— Menga nima, men tushmayman!
15
Meni yaxshi deb biladiganlarga - katta raxmat!
Asli qanaqaligimni bilganlarga esa, iltimos - birov bilmasin-a?!
181
Gabrovolikka bitta shisha zarur bo‘lib qoldi. U bitta shishani topdi, lekin unda ozgina yod qolgan ekan. Yodni to‘kib tashlash unga uvol ko‘rindi va u barmog‘ini shartta kesdi-da, unga bor yodni quydi va shundan keyingina shishadan foydalandi.
121

Bir erkak yangi yilkirib kelayotganda “Xotinim kamroq gapiradigan, qaynonam biznikiga mehmonga kelmaydigan bo‘lib qolsin” deb niyat qilibdi.
Shundan buyon uni xotini eriga indamasdan onasini ko‘rgani uyiga borib-keladigan bo‘lib qolgan ekan.

42
Bir yigit saharlab bozorga shoshilib tursa aksiga olib uch g‘ildirakli motosikli yurmay qolibdi.
Xotini ayvonda turib ustidan kulayotganmish:
“Yana bitta g‘ildiragi bo‘lganida mashina bo‘lib qolardi-a, adasi?!”
17
Bir kuni o‘lmas kashshey o‘rmonga qo‘ziqorin terishga chiqibdi. Terib bo‘lguncha, hamma kakkularning ovozi bo‘g‘ilib qolibdi...
155
Bitta alkash bir shisha aroqni kiyimini ichiga tiqib ketayotgan ekan, yo‘lda yiqilib tushibdi. Asta sekin qo‘lini ichiga tiqsa xo‘l ekan:
— E-e-e, ishqilib qon bo‘lsinda..
144
— Qo‘shnilarda nima gaplar?
— Yana odatdagidek, sanksiyalar olishdi.
— Paketga solib berishdimi?
21
Voyaga yetgan yigit ota-onasiga:
— Oyijon, adajon! Bugundan boshlab men o‘zim alohida, mustaqil yashayman!
Ota-onasi:
— Juda yaxshi o‘g‘lim. Seni ulg‘ayganingdan xursandmiz, - deyishibdi.
O‘g‘li esa:
— Mana sizni narsalaringiz, yig‘ishtirib qo‘ydim, - dermish.
118
— Oyijon, siz seriallarga qiziqanmisiz?
— Qizim Gvadelupa, menga bo‘lar-bo‘lmas savollarni beravermasdan. Jadini kiyintirib, ukang Jumongni o‘ynatib tur. Bir pastdan so‘ng singling Latifani olib kegani bog‘chaga boramiz.
138