Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Odiljon, agar shunday yomon baholarga o‘qishda davom etsang, adangni boshida oppoq sochlar paydo bo‘la boshlaydi.
— Adam bundan juda-yam xursand bo‘ladilar!
— Nega unday deyapsan Odiljon?
— Chunki meni adam kal odam!
Bir odam «Zaporojets» mashinasini servisga olib kelib ustaga debdi:
— Mashinamga titan disklar qo‘ydirmoqchi edim.
— Bir million bo‘ldi.
— Yana «Ferrari»ni motorini ham.
— Besh million to‘laysiz.
— Tyuning o‘rnatib bersangiz, ichidan va tashqaridan!
— Uch million qo‘shasiz.
Mashina egasi hayron bo‘lib:
— Hazillashyapsizmi?! - desa, usta:
— Siz birinchi boshladingiz-ku hazilni, - degan ekan.
Bir ayol qo‘shnisinikiga elakka chiqibdi. Qo‘shnisi homilador ekan. Ayol qo‘shnisiga debdi:
— Voy qo‘shni, bir dugonam homiladorligida "Tohir va Zuhra" kitobiga boshqorong‘i bo‘lgan ekan egizak tug‘ibdi. Yana-chi, ammamni kelini "Uch og‘ayni botirlar" kitobini o‘qib, uch egizak tug‘ibdi, - desa qo‘shnisining rangi oqarib ketayotgan emish.
— Voy, sizga nima bo‘lyapti, - desa, homilador qo‘shnisi:
— Men "Alibobo va qirq qaroqchi" kitobini o‘qiyotgan edim..., - dermish.
Ikkita jinni baland binoga qarab turib suhbatlashmoqda:
— Shu binodan pastga sakragan odam, nechi kunda yerga tusharkin?
— 3 kunda tushsa kerak?!
— Tushgan odam o‘larmikin?
— Esing joyidami? 3 kun ovqat yemaydi, suv ichmay-yu, o‘lmaydimi?!
Stomatolog qabulxonasi. Ichkaridan baqirgan, "dod-voy" ovozlari eshitilib, xonadan bir odam chiqib kelibdi.
Boshqa bemorlar:
— Qattiq og‘ritarkanmi?, - deb so‘rashsa,
Haligi odam og‘zidan ikkita uzilgan barmoqni olib tashlab:
— Bilmiman, men baqirmadim, - dermish.
Tibbiy ko‘rikdan o‘tayotib, peshobimni Fanta ni idishida olib boribman...
Labaratoriyadagi qizlar bo‘lsa menga qarab:
— Voy nima qilardingiz ovora bo‘lib, rahmat, - deb yuborishdi.
— Yaxshi ko‘rgan qizim cho‘ntagimdan ayollar lab bo‘yog‘ini topib olibdi. Senga xiyonat qildim deb zo‘rg‘a qutulib qoldim.
— Nega unga rostini aytmading?
— Nimalar deyapsan?! Faberlic da ishlashimni bilib qolsa, tamom bo‘laman-ku...
Bir erkakning ikkita xotini bor ekan. Ammo ikkala xotini ham bu haqda mutlaqo bexabar ekan. Bir kuni o‘sha odam ikkala xotinini ham birga, bitta joyga dam olishga yuboribdi. Dam olishga borgan ayollar hech narsadan bexabar, bir-birlari bilan yaqin dugona bo‘lib qolishibdi, birga suratlarga tushibdi. Dam olishdan qaytgach, eri birinchi xotinini oldiga borib:
— Xo‘sh, qanday dam olding, kimlar bilan tanishding, - dyeb so‘rabdi.
Shunda xotini:
— Mazza qilib dam oldim. Bir ayol bilan tanishdim, - deb erining ikkinchi xotinini rasmini ko‘rsatibdi. - Lekin judayam yengiltak ayol ekan, har kuni har-xil erkaklar bilan yurdi-ya, - debdi.
Ertasi kuni ikkinchi xotinini oldiga borgan er, u ayoldan ham gapirib berishini so‘rasa:
— Adasi manavi rasmdagi ayolni qarang. Judayam yaxshi ayol ekan. Dam olishga eri bilan kelib, eri bilan ketdi, - degan ekan.