Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni odamxӯrlar makoniga samolyot qulabdi. Shunda bir odamxӯr ӯg‘li bilan samolyot ichidan odamlarni ola turib debdi:
— Bunisini ertalabga yeymiz, bunisini esa tushlikka.
Shunda ӯg‘li styuardessani topib olib:
— Dada, buni kechga yeymizmi? - desa, otasi shunday qarab:
— Yӯq ӯg‘lim, kechga onangni yeymiz! - dermish.
Afandidan o‘qituvchisi so‘rabdi:
— "O‘g‘irladi" so‘zi o‘tgan zamonda qanday bo‘ladi?
— "O‘g‘irlagan edi" bo‘ladi.
— Kelasi zamonda-chi, qanday bo‘ladi?
— "Qamoqda" bo‘ladi, ustoz!
Qaynona kuyovlarini sinab ko‘rmoqchi bo‘libdi. Kuyovlari mehmonga kelgan kuni hovlisidagi basseynga qaynona o‘zini tashlabdi. Katta kuyovi ko‘rib qolib, "Oyijon" deb yugurib kelib, suvga sakrab qutqarib olibdi.
Ertasi kuni qaynona shu kuyoviga Neksiya sovg‘a qilibdi. Yana bir kun poylab o‘zini suvga tashlabdi. Bu kunni intizorlik bilan kutgan o‘rtancha kuyov yugurib kelib, kiyimlari yechmasdan suvga sakrab qaynonasini qutqarib chiqibdi. Ko‘p o‘tmay u kuyov ham Matizli bo‘libdi.
Uchinchi martta cho‘kayotganida kenja kuyov parvo ham qilmabdi. Qaynona baqirarmish: "Qutqaringlar, Yordam bering kuyov bola!!!
Kenja kuyovi buni eshitib:
— Menga velosiped sovg‘a qilgandan ko‘ra, cho‘kib ketganingiz yaxshi, - debdi.
Qaynona cho‘kib ketibdi. Marakalarni o‘tkazib, uyiga qaytmoqchi bo‘lgan kuyovni qaynotasi uni bir chepga chaqirib:
— Kuyov bola, mana kalit! Darvozani yonida turgan yangi Malibuni haydab ketarsiz...! - dermish.
Dorixonaga kirgan ayol sotuvchiga murojat qildi:
— Sizda soch o‘stiradigan dori bormi? Iloji bo‘lsa, ta’siri kuchlirog‘idan...
Sotuvchi:
— Albatta, juda-yam kuchlisidan bor!
Xaridor:
— Bunga biror dalil ko‘rsata olsizmi?
Sotuvchi kassa yonida turgan sermo‘ylov erkakni ko‘rsatib debdi:
— Anavi ayol hozirgina shu dorini xarid qildi. Dori qopqog‘ini tishi bilan ochishga uringan edi...
Afandining bir eshagi bor ekan. Tinmay ishlatar ekan. Bir kuni eshak charchab o‘tirib qolibdi. Shunda afandi rosa uni uribdi.
Eshak o‘ziga o‘zi "Tavba, shuncha ishlasam, yana eshakday uradi-ey" debdi.
Bir kuni jinnixonada doktorlar jinnilarni tekshirish uchun hammasini yig‘ib, bo‘m-bo‘sh basseynga olib kelib, "cho‘milinglar" debdi. Hammasi birin-ketin basseynga o‘zlarini otibdi. Lekin bir jinni chekada turganmish. Doktorlar uni tuzaldi deb uylab, oldiga borib,
— Sen tuzalding uyinga ketaversang bo‘ladi, - desa,
jinni:
— Hozir, bitta kalla tashlab chiqay, - dermish...
Bir yigit qari buvisini vrachga olib boribdi. Vrach qari kampirni obdon tekshirib, qarichilikdan ekanini anglabdi. Bir hazillashmoqchi bo‘lib kampirni olib kelgan nabirasiga debdi:
— Yaxshisi buvingizni erga byeringlar! Shunda hammasi yaxshi bo‘ladi!
Jahli chiqqan nabirasi vrachni urmoqchi bo‘lib bo‘g‘zidan ushlasa, o‘rtaga kampir tushib debdi:
— Qo‘y bolam, bu doktor... Shuncha yil o‘qigan. Bir narsani bilmasa doktor bo‘larmidi...?!
Bir kuni bolakay dadasiga debdi:
— Dada, O‘zbekiston qachon jahon chempionatiga chiqadi?
Dadasi boshini qashib turib debdi:
— Bolam, raqib tomon adashib, o‘zini darvozasiga gol urganda, albatta jahon chempionatiga chiqarmiz...
— Odiljon, agar shunday yomon baholarga o‘qishda davom etsang, adangni boshida oppoq sochlar paydo bo‘la boshlaydi.
— Adam bundan juda-yam xursand bo‘ladilar!
— Nega unday deyapsan Odiljon?
— Chunki meni adam kal odam!
Bir odam «Zaporojets» mashinasini servisga olib kelib ustaga debdi:
— Mashinamga titan disklar qo‘ydirmoqchi edim.
— Bir million bo‘ldi.
— Yana «Ferrari»ni motorini ham.
— Besh million to‘laysiz.
— Tyuning o‘rnatib bersangiz, ichidan va tashqaridan!
— Uch million qo‘shasiz.
Mashina egasi hayron bo‘lib:
— Hazillashyapsizmi?! - desa, usta:
— Siz birinchi boshladingiz-ku hazilni, - degan ekan.