Suzish bo‘yicha musobaqa ketmoqda. Bir jamoaning ikki ishtirokchisi marra tomon suzib bormoqdalar: — Suzib o‘tolmaymiz shekilli. — Suzib o‘tamiz! 50 metr qoldi. — Suzib o‘tolmaymiz. — Suzib o‘tamiz! 30 metr qoldi. — Yo‘q! Aniq suzib o‘tolmaymiz! — 10 metr qoldi. Balki suzib o‘tarmiz?! Ha, mayli orqaga qaytdik. Suzib o‘tolmaydiganga o‘xshaymiz...
— Sarvar, sen katta bo‘lganingda kim bo‘lmoqchisan? — Savdogar bo‘laman ustoz! — Nima uchun injener yoki o‘qituvchi emas? — Injener bilan o‘qituvchini inomarka mashina haydaganini hech ko‘rganmisiz???
Ikkita ovsin gaplashib o‘tirishsa biri debdi:
— Hoy ovsinjon, oldingizdan ikkita qop chiqdi. Birida to‘la oltin, ikkinchisida esa aql. Siz qaysi birini olardingiz? – desa, ovsini ham o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib:
— Men aql solingan qopni olardim, - desa, ovsini:
— Ha, kimga nima yetmasa shuni oladi-da...- dermish.
Yaponiyalik ixtirochilar robot ixtiro qilishibdi. U robot o‘g‘rilarni ushlar ekan. Robotni Rossiyaga olib borishsa, u yerda kuniga 40 ta o‘g‘rini ushlabdi. Amerikada 50 tadan o‘g‘rini qo‘lga olibdi. Ippodromga olib kyelishsa, bir soatda robotni o‘g‘irlab ketishibdi.
Sudya:
— Ayblanuvchi, oylik maoshingiz 500 ming so‘m bo‘lsa-yu, siz 2 qavatli uy, dalahovli qurishga pulni qayerdan olyapsiz?
Ayblanuvchi:
— Janob sudya, bu savolingizga javob berishim uchun menga vaqt kerak...
— Juda yaxshi. 7 yil yetadimi?
Odamlar bankomat oldida navbatda turishsa, orqadan bir kishi baqirarmish:
— Meni o‘tkazib yuboringlar! Bo‘lmasa hozir boshlaringni ustidan yurib ketaman!
Navbatda turgan bir kal odam quliga tuflab boshini silabdi-da:
— Yiqilib tushgin, - debdi.