Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Er xizmat safariga keta turib, xotiniga debdi:
— Kompyuterimni aslo yoqa ko‘rma! Agar yoqsang, kayfiyating buzilishi aniq!
Tabiiyki, xotini kompyuterni yoqib ko‘rgan...
Er safardan qaytsa, ostonada g‘azab bilan xotin kutib turibdi.
— Kompyuterimga tegibsan-da baribir...!? – debdi er.
Xotini javray boshlabdi:
— Ha, kompyuteringizni yoqib, behayo suratlar, ma’shuqangizga yozgan xatlaringizni qidirdim. Shuncha vaqtim ketdi. Birortasini ham topa olmadim, umuman yo‘q!!!
— Shunga kayfiyating yo‘qmi?
— Ha!
— Men senga nima degandim!?
25
Bir kuni shayton bolalarini aylantirib yurgan ekan, yosh shaytoncha onasidan so‘rabdi:
— Oyijon, anavi o‘t yeb yurgan narsa nima?
— Bu sigir. U odamlarga sut, go‘sht beradi, - debdi onasi.
Yana biroz yurgach, shaytoncha onasiga debdi:
— Anavi nima?
— U tovuq. U odamlarga tuxum beradi. Go‘shtiham yeyiladi, - debdi shayton.
Uzoqda yurib ketayotgan odamlarni ko‘rib qolgan shayton bolasi:
— Anavi-chi? – debdi.
Ona shayton:
— Tez ketdik bu yerdan! Hozir bu odamzoti bir baloni boshlaydi-da, “Hammasi shaytonni ishi”, “Meni shayton yo‘ldan urdi” deb hamma aybni bizga ag‘daradi, - dermish.
26
Shifokor bemorga:
— O‘zingizni qo‘lga oling, hozir sal boshingiz aylanib, ko‘zingizni oldi qorong‘ulashadi... Xizmat haqi uchun 300 ming so‘m to‘lang!
23
Qurilishga yer so‘rab kelgan tadbirkor rahbarning ish stolida turgan ikkita yozuvga ko‘zi tushibdi:
“Chekish man etiladi” va “Pora olmayman”.
Tadbirkor sekin gap boshlabdi:
— Menga yer kerak. Tezroq qurilish boshlamoqchi edim. Bunga katta miqdorda pul ham yig‘ib qo‘yganman... Ammo, avval sizning ruxsatingiz kerak ekan...?
Bu gapni eshitgan rahbar “Chekish man etiladi” degan yozuvni sekin stolni tagiga olib qo‘yibdi-da:
— Keling, avval chekib olsak-a? – degan ekan.
24
Bir kun er-xotini urishib qolibdi.
Eri bir varroq qog‘oz olib, xotiniga “Xotin, ertaga meni soat 8:00 da uyg‘otgin” deb xat yozib stolga qo‘yib uxlashga yotibdi.
Ertalab turib, soatga qarasa 10:00 bo‘lganmish. Oshxonaga chiqib, stol ustida bir varoq qog‘ozni ko‘ribdi. Unga xotini shunday deb yozib ketgan ekan:
“Dadasi turing, soat 8:00 bo‘ldi”.
24
Bir xotin dugonasiga hasrat qilibdi:
— Erim endi aroq ichmayman deb qasam ichganidan buyon, muzlatgichga solib muzlatib yeyabdi.
26
Futbol ishqibozi o‘g‘lini erkalatyapti:
— Meni yolg‘izim, shirin bolam, kelajagim meni! Sen meni hayot o‘yinimda urgan golimsan! Shunda xotini eriga qarab:
— Men-chi adasi? – debdi.
Shunda er xotiniga:
— Sen ham urgan golimsan. Faqat o‘z darvozamga urib qo‘ygan – avtogolsan, - dermish.
25
Pazandachilik kursida o‘qiyotgan qizdan onasi so‘rabdi:
— Dars paytida tayyorlagan taomlardan o‘zingiz ham yeysizlarmi?
Qiz yig‘lamsirab:
— Yeyishga majburlashadi, - degan ekan.
28
Afandi qish kuni lodkali mototsiklida do‘sti bilan ketayotgan ekan. Bir payt qarasa, do‘sti lodka ketayotib, terlay boshlabdi. Afandi hayron bo‘lib tezlikni oshiribdi. Do‘sti battar terlayveribdi. Shunda afandi do‘stidan:
— Nega buncha terlayapsan? Qish bo‘lsa...? – deb so‘rabdi.
Do‘sti bo‘lsa tomog‘i qirilib:
— Ming la’nat! Lodkangni tagi teshik ekan, boyadan beri yugurib ketyapman, - dermish.
27
— Adasi, nonni narxi oshibdi.
— E, mayli, bir gap bo‘lar!
O‘zbeklar hamma muammolarni shu gap bilan yengib ketadi...
26