Million savol-javob o‘yinida yuz million uchun bahs ketmoqda.
Boshlovchi:
— Hurmatli Eshmat, sizga birinchi savol: Bemorga yozilgan shifokor retseptidan Sitromon dorisi degan so‘zni toping.
a).∕ł∕łł∕ł.∕∕łł∕ł
b).∕ł∕ł.∕łł.∕ł∕ł.∕łł
s)łłრ.∕ł∕łฑ.∕łłน.∕ł∕ł
Sevgan qizim bilan IMOda gaplashib o‘tiribman. U bir daqiqaga turib ketgandi, monitorda otasi ko‘rinib qoldi:
— Assalomu alaykum, - desam, adasi yon-atrofga qarab:
— Yo tavba, kim u??? - deydi...
— Meni qo‘shnilarim yarim tunda devorimni taqillataverishadi. Hech tinchlik berishmaydi-ya...
Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!
Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Dugonajon, kechasi "Gap"ga borishga eringdan qanday qilib ruxsat olding?
— Buni yo‘li oson! Ko‘pikli vanna qilib berdim-da, chiqib ketdim.
— U shunga ko‘ndimi?
— Ko‘pikni qurilish mollari do‘konidan sotib olgandim-da!
Bo‘linma komandiri:
— Kim paxta terimiga boradi?
— Men, - deb safdan chiqibdi ikkita askar.
— Barakalla!, - debdi komandir, — Sizlar men bilan mashinada, qolganlar esa piyoda qadam bos!
— Azizim, tushimda menga tilla uzuk sovg‘a qilganmushsiz...
— Aytganlarimni qilib, yaxshi bo‘lib yursang, yaqinda tilla bilakuzuk ham sovg‘a qilaman, tushingda!
Bir odam sigirini sotmoqchi bo‘lib bozorga olib kelibdi. Xaridor so‘rabdi:
— Sigiringiz sersutmi?
— Ha, suti yaxshi. Ammo bitta kamchiligi bor.
— Qanaqa kamchilik ekan?
— Sog‘ilayotganda qattiq tepadi.
— Hechqisi yo‘q, sigirni xotinim sog‘adi.