Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Oyijon, siz farishtalar uchib ketadi degan edingiz-a?
— Ha, qizim.
— Dadam xizmatkor opani "farishtam” — dedi. Xizmatkor opa endi qachon uchadi?
— Iye, rostan-a? Unda bugunoq uchadi.
136
— Eh, agarda podshoh bo‘lganimdamidi, uncha-muncha podshohdan zo‘r yashardim! O‘zimga xon, o‘zimga bek bo‘lardim, kechqurunlari kiraga ham chiqib turardim.
114
Oliygoh hojatxonasining birinchi va uchinchi kabinalariga kirib ketgan talabalar suhbati:
1-kabinadan: — Anavi sholg‘om oliy matematkadan bahoyingni qo‘yib berdimi?
3-kabinadan: — Yo‘q, ablah odam-de, qancha tushuntirsam ham, baribir qo‘yib bermadi, Eh, o‘sha sholg‘omni...
2-kabinadan: — Qo‘yib bermayman ham!!!
109
— Allo, boshlig‘ingiz bilan gaplashmoqchiman.
— Boshliq bandlar
— Axir men xotiniman...
— Hamma ayollar xotiniman deb, telefon qiladi.
122
Suvlar soyga oqarkan. Qizlar boyga boqarkan. Puling milliondan oshsa, kampir ham qosh qoqarkan..
125
Bir odam veterinarni mazah qilmoqchi bo‘libdi:
— Siz mol doktorimisiz?
— Ha, qayeringiz og‘riyapti?
131
O‘qituvchi o‘quvchilarga futbol o‘yini haqida insho yozib kelishni buyurdi. Sarvar nima deb yozishni bilmay uzoq o‘yladi va oxiri yozdi:
“Qattiq yomg‘ir yog‘ayapti. Maydon sirpanchiq. O‘yin qoldirildi”.
120
O‘qilmagan kitoblar qasos oladilar. Masalan, Jinoyat Kodeksi, benzopila bilan foydalanish yo‘riqnomasi..
127
Qish. Jinnixonadan jinnilar yarim oqshom qochib chiqishib, jinnixona omborxonasining tomiga olov qo‘yishibdi. Buni ko‘rgan doktorlar o‘t o‘chiruvchilarga xabar berishibdi. Yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar birinchi bo‘lib tomdagi jinnilarni qutqarmoqchi bo‘lishibdi. Shunda jinnilardan bittasi ularga qarab:
— Ha, yaramaslar biz qiynalib o‘t yoqqanda birontang yo‘q eding. Endi isinmoqchimisizlar? Yo‘qolinglar isinishga qo‘ymaymiz, - dermish.
121
Afandi bir kuni oyna topib olibdi. Unda o‘zini ko‘rib:
— Iya, bu siznikimi mavlono, kechirasiz, - debdi.
115