Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ikkita odam kafeda ovqatlanib bo‘lgach, ofitsiantga qarab: — Hisob qancha bo‘ldi? - debdi. Ofitsiant futbol muxlisi ekan: — Liverpul-Brayton 1:0, - debdi.
Bir odam yangi ishga kiribdi. Nuqul ishxonaga bir yigit soat 11:00 da kelib, kompyuterda o‘tirib, biror ish qilmasdan ketaverarkan. U odamniyam jahli chiqib, ertasi kuni u ham soat 11:00 da kelsa, unga hayfsan berishibdi. — Nimaga? Anavi yigit har kuni 11:00da ishga keladi. Unga hech narsa demaysizlar-ku! - desa, boshlig‘i: — U yigit mehnat ta’tilida-ku! - degan ekan.
Vrach bemor erkakni ko‘rikdan o‘tkazib bo‘lgach, tashqariga chiqib terishini so‘rabdi va bemorni xotini bilan gaplashib olishi kerakligini aytibdi. — Eringizni ahvoli jiddiy! – deb gap boshlabdi vrach. — Agar uzoq umr ko‘rishini xohlasangiz, unga faqat yaxshi gapirish, mazali taomlar tayyorlab berishingiz, dam olishini ta’minlashingiz, eng muhimi asabiylashmasligi kerak! – debdi. Xotin vrachni xonasidan chiqib, eri bilan uyga ketayotsa, yo‘lda eri so‘rabdi: — Vrach nima dedi xotin? — Sizni uzoq yashamasligingizni aytdi, - debdi xotini.
— Do‘stim, qurilishda ishlab yurganimizda tepadan boshingga g‘isht tushib ketgandi esingdami? — Ha, esimda! Sen farzandli bo‘lganing esingdami? — Albatta, bo‘lmasam-chi!? — O‘shanda qasdimni olib bo‘lgandim...