Meni 4 ta o‘g‘lim bor. Biri bankir, ikkinchisi o‘qituvchi, uchinchisi injener, to‘rtinchisi taksichi. Lekin hozir bittasi pul topyapti xolos. O‘zimni aqlli taksichi o‘g‘lim...!
Qamoqxona boshlig‘i: — Xo‘sh mahbuslar! Bugundan boshlab qamoqxonada uch martta ovqatlanish tartibi joriy qilindi. Mahbuslar: — Qoyil!!! Zo‘r-ku! Qamoqxona boshlig‘i: — ya’ni dushanba, chorshanba, juma!
Ikkita ovsin suhbati: — Oldingizda 2 ta qop turibdi deylik. Bir qop tilla bilan bir qop aql. Siz qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz? — Aqlni tanlagan bo‘lardim, - debdi ovsin o‘zini ko‘rsatmoqchi bo‘lib. — Hamma o‘ziga yetmaganini oladida, - debdi ovsini.
— Ma’ruzachi ichkilikning zarari to‘g‘risida ajoyib ma’ruza qildi, to‘g‘rimi? Hozir borib buni o‘ziga aytaman. — Siz u bilan tanishmisiz? — Bo‘lmasamchi!? Har kuni birga ichamizku!
Qadim zamonda podshoh birining saroyi oldida xalq yig‘ilib, shovqin-suron ko‘taribdi. Podshoh ayyonlardan so‘rabdi: — Tashqarida nima bo‘lyapti? — Xalqingiz sizga minnatdorchilik bildirish uchun kelibdi, - debdi ayyonlar. Podshoh: — Nega ular "Bo‘ldi bas!", "Yetar!", "Ortib ketdi" deb baqirishyapti, - desa, ayyonlari: — Hamma narsa yetarli, ortig‘i bilan muhayyo, to‘kin-sochinlik bo‘lgani uchun aytishyapti bu so‘zlarni, - degan ekan.
AQSH, Germaniya, Britaniya hukumati: — Ko‘chaga chiqmang! Uyda qoling! Xalq: — Qanaqasiga? Qaysi pulga yeb-ichamiz? Hukumati: — Uyda qoling! Mana sizga pul! Rossiya hukumati: — Uyda qoling! Rossiya xalqi: — Nima? Biz uyda o‘tirsak, kim bizni boqadi? Hukumati: — Karantin qoidalarini buzganingiz uchun mana sizga jarima varaqlari, to‘lab qo‘ying!
Bir qizning telefoniga notanish raqamdan SMS keldi: — Sevganing bormi? — Ha, bor! Kim bu? — Bu men, otangman! Sen bilan uyda gaplashaman! 5 daqiqadan so‘ng yana SMS kelibdi: — Sevganing bormi? — Yo‘q! Kim bu yana? — Bu men, yigitingman! Bu nima deganing? Demak mendan or qilar ekansan-da!...