Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Tankchilar shiori:
— Zirhlarimiz mustahkam, tanklarimiz tezyurar!
Uchuvchilar shiori:
— Baland va yanada baland ko‘tarilamiz!
Aloqachilar shiori:
— Qancha qattiq baqirsang, shuncha uzoq masofada eshitiladi!
Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining shiori:
— O‘zimiz ham uchmaymiz, birovga ham bermaymiz!
O‘rmonning podshohi bo‘lgan sher uzoq safarga otlanibdi.
— Kim baland qoyaga chiqib pastga sakrasa-yu, tirik qolsa o‘sha hayvon meni o‘rnimga shoh bo‘lib turadi, - debdi.
Birorta hayvon qoyadan sakray olmabdi.
Bir vaqt qoyaning baland joyidan “gup” etib pastga bo‘ri tushibdi-yu, tirik qolibdi.
— Sen juda mard ekansan! Endi meni o‘rnimga shoh bo‘lasan, - debdi sher.
Bo‘ri bo‘lsa:
— Shoshmay turing! Avval meni qoyadan itarib yuborgan quyonni topib, adabini berib kelay... – dermish.
Bir odam radioga telefon qilibdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha, radio!
— Salomlaringiz bo‘lsa marhamat yo‘llang.
— Meni bir iltimosim bor edi. Hovlimdagi supada mayizlar bor. Ularni quyoshda qurityapman. Radioni supamga qo‘yib bozorga ketsam, kelgunimcha har zamonda qushlarga “kisht-kisht” deb tura olasizlarmi...?!
Bir kuni yosh kelin o‘zini xonasida dam olib yotgan ekan. Qaynonasining jahli chiqib, hovlida uxlab yotgan mushukni yoniga kelib “Uxlab yotaverasanmi?!” deb ura boshlabdi.
Bir payt shovqindan kelini uyg‘onib chiqib, hovlida yurgan itni bir tepibdi.
Qaynonasi:
— Nega bechora itni tepasiz? – desa, kelin:
— Yo o‘zi uxlamaydi vovullab, yo boshqalarni uxlatmaydi, - dermush.
Hisobchi – hisob-kitob ishlarini qiladi.
Shifokor – bemorlarni davolaydi.
O‘qituvchi – bilim beradi.
Futbolchi – byudjetdagi pullar hisobiga erinmasdan butun dunyoni aylanadi.
Bir kuni ikkita ilon gaplashib turgan ekan:
— Biz juda zaharlimizmi?
— Ha, judayam! Zaharimiz o‘limga olib keladi.
— Unda men o‘lar ekanman. Tilimni tishlab oldim.
Uyga qaytgan o‘g‘il, telefonidan ko‘zini uzmay o‘tirgan onasiga:
— Oyijon men keldim! – desa, onasi o‘g‘liga qaramay:
— Qayerlarda sang‘ib yuribsan? – debdi beparvolik bilan.
O‘g‘li onasiga:
— Oyi, men armiyadan qaytdim!!! – degan ekan.
Sovchilikka kelgan ayollar qizning onasiga gapirayotganmush:
— Eshitdik, qizingiz juda ozoda, saramjon, chaqqon ekan. Qo‘li shirin pazanda ham emish. Chevar ham ekan-a? – debdi.
— Bir og‘iz ham gapirmas, hecham charchadim demas emish – deb davom ettiribdi ikkinchisi.
Qizni onasi hamma gapni eshitib o‘tirib, oxiri:
— Shundoq bizni uyimizdan sal nariroqda maishiy texnika sotadigan do‘kon bor. O‘sha yerdan kir yuvish mashinasi, chang yutgich, gaz pechi, tikuv mashinasi, ... Shularni hammasini sotib olsangiz, hamma ishlaringiz oson bitadi! – dermish.