Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Kollejda dars jarayoni:
— Eshmatov, nega vazifani bajarmading?
— Men Yoshlar Ittifoqi bilan tadbir qilyapmiz. Tayyorgarlikda edim. Tavsiya qilishsa, talaba bo‘laman.
— Tushunarli, o‘tir! Toshmatova, vazifani bajardingmi?
— Nashriyotga borgandim. She’riy kitobim chiqyapti. Zulfiyachilarga imtiyoz bor ekan. Xudo xohlasa, talaba bo‘laman.
— Yaxshi, o‘tir. Ha Abdurayim, kech qolibsan!? Vazifaniyam bajarmagandirsan?
— Endi dars qilishim shart emas. Dadam harbiy. Deyarli talabaman.
— Kir, joyinga o‘tir. Soliyev?
— Ustoz, avval ham aytganman. Kollejni bitirib olsam, dadam bilan Rossiyaga ketaman.
— Sen-chi?
— Ustoz men IELTS o‘qiyapman.
— Hech kim vazifani bajarmadimi?
—Ustoz, talaba bo‘lishga joy qolmadi. Siz ham dars o‘tib ovora bo‘lmang, qiynalmang deymiz...
— Kelishdik, shovqin qilmay o‘tiringlar. Komissiya kelarkan. Mana bu hujjatlarni to‘ldirib qo‘yay...
— Do‘stim, nima zamonlarga qoldik?!
— Tinchlikmi, nima bo‘ldi?
— Plastik kartochkamdagi oylik maoshimni naqd pul qilish uchun bankomatga borgandim.
— Xo‘sh?
— O‘zi 1 million maosh olaman. Bankomat esa yana ming so‘m so‘rayapti.
Yaqin do‘st bo‘lgan ikkita boy uchrashib, suhbatlashib qolibdi:
— Shu dangasa o‘g‘limni ishga olsang degandim...
— Muammo emas! Ertaga kelaversin. 1-2 soat ofisda, kompyuter o‘yin o‘ynab ketadi. Maoshi 5 million bo‘ladi.
— Do‘stim, men uni rostan ham ishlashini xohlayman.
— Mayli, yarim kunga kelaqolsin. Internetda yangiliklarni o‘qib, qahva ichib ketadi. Oyiga - 2 million, bo‘ladimi?
— Ha, yo‘q... U kamida 10 soatlab ishlashi kerak. Maoshini 700 mingdan oshirmaysan...
— E, bunaqasi ketmaydi! O‘g‘lingga ayt, yonimga institut diplomi bilan kelsin!
Qurolli kuchlar rezervidagi desantchilar harbiy mashg‘ulot yig‘inlariga jalb etilibdilar. Yo‘riqchi ular bilan mashg‘ulot o‘tkazib, parashyut bilan sakrashga oid yo‘l-yo‘riqlar beribdi:
— Apparat bortidan sakrab chiqqach, halqani tortasiz. Bir ozdan so‘ng parashyut gumbazi ochiladi, yerga qo‘nasiz. Qo‘nish maydonida sizni avtobus kutadi. Avtobusga chiqib, yana shu yerga qaytib kelasizlar.
Rezervdagi desantchilardan biri sakrab, aytilganidek halqani tortibdi. Parashyut gumbazi ochilmabdi. Toshday tez pastga tushib borayotgan harbiy o‘ziga-o‘zi javrarmish:
— Ho‘sh, parashyut masalasida aldashdi. Qani ko‘raylik-chi, avtobus kutib turishi rostmikin!?
Juda qalin dugonalar suhbatlashmoqda:
— Bilasanmi, erim meni “Quyoncham” deb chaqira boshladi.
— Axir bu zo‘r-ku!
— Nimasi zo‘r?! Erim ismimni unutib qo‘yganga o‘xshaydi....!
Do‘konga sotuvchi bo‘lib ishga kirgan yosh yigit xaridorlarga xizmat ko‘rsatyapti:
— Sizda oqartiruvchi upa bormi? – debdi bir yosh juvon.
— Yo‘q. Lekin bizda ohak bor. Olasizmi? - debdi yigit.
Jahli chiqqan juvon do‘konni boshiga ko‘tarib shovqin sola boshlabdi.
Darrov yetib kelgan do‘kon mudiri nima gap ekanini so‘rabdi.
— Manavi surbet sotuvchingiz menga oqartiruvchi upa o‘rniga ohak tavsiya qildi, - debdi juvon.
Shunda yigit do‘kon mudiriga qarab:
— Axir o‘zingiz aytgandingiz, xaridor so‘ragan narsa bo‘lmasa, o‘rniga shunga o‘xshash boshqa narsa tavsiya qilgin! Xaridor bo‘sh qo‘l bilan chiqib ketmasin degandingiz-ku... – dermish.
Bir olim tajriba qilib ko‘rish maqsadida uchta maymunni olib, bittasini Yaponiyaga, ikkinchisini Xitoyga va uchinchisini O‘zbekistonga yuboribdi.
10 yildan so‘ng maymunlarni ko‘rishga borishsa, Yaponiyadagi maymun 3 ta bolali bo‘libdi. Xitoydagi maymun “Bizga ruxsat shu” deb 2 ta bola tug‘ibdi. O‘zbekistonga kelsa, maymun 1 ta bolasini ushlab o‘tirganmish. Olimlar maymunni egasidan so‘rashibdi:
— Nega bunaqa? Axir sizlar bolajon xalq edingiz-ku! – desa, maymunni egasi:
— O‘zingiz aybdorsiz! Menga erkak maymunni tashlab ketganingizni bilarmidingiz?! – degan ekan.
Aziz ayollar! Yozgi ko‘ylaklarga o‘tish uchun asta-sekin tayyorgarlikni ko‘ravering.
Parhezingiz yozilgan qog‘ozchangizni qidirib topib qo‘ying. Non va shirinliklarning zarari haqidagi maqolalarni o‘qishni boshlayvering.
Axir qishki kiyimlarda kim ham qomatga qarabdi deysiz!?