Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Hoy egachi, o‘g‘lingizni uylantiribsiz. Bunday chiroyli ham aqilli qizni qayerdan topdingiz? — Voy o‘rgilay... Institut darvozasi oldida tursam, bir to‘da qizlar chiqib kelishyapti. Shunday oldiga borib, chiroylilar chapga, aqllilar o‘ngga o‘tsin dedim. Hammasi o‘tdi. Faqat bitta qiz u tarafdan bu tarafga yugurib o‘ta olmay turgan edi. Undan so‘radim: — Nega bir tarafga o‘tmayapsan? – desam, u qiz: — Bir o‘zim har ikkala tarafga qanday o‘ta olaman? – dedi. Keyin shu qizni kelin qildim.
Bir bolakayning otasi ichib kelibdi. U otasiga:⠀ — Dada, nega ichasiz? – desa, dadasi:⠀ — O‘g‘lim sen hali bunday narsalarni tushunmaysan. Katta bo‘lsang ichasan.⠀ Oradan yillar o‘tib o‘g‘li choyni ichib turib dadasiga qarab debdi: — Dada, mana men ham ichdim.
Bitta odam ishga naqd 1 soat kechikib kelibdi. Ishxonaga kiraverishda uni uchratgan rahbar tanbeh beribdi: — Nega kech qoldingiz? — Kechirasiz, 3-qavatdan yiqilib tushdim, - debdi haligi odam. Rahbarni battar jahli chiqib: — Nima, bir soat tushdingizmi pastga?! – dermish.
Har kuni o‘rmonda ayiq quyonni tutvolib do‘pposlar ekan. Xullas, jonidan to‘yib ketgan quyon sherni oldiga borib, ayiqni qilmishlaridan shikoyat qilibdi. Shunda sher farmon chiqazibdi. Unga ko‘ra ayiq quyonni urmasligi to‘g‘risida tilxat yozib berishi kerak ekan. Ertasi kuni ayiq quyonni urgani kelayotsa, quyon farmonni ko‘rsatibdi. Shunda ayiq: — Bugun ham urib olay. Ertaga urmaslik haqida tilxat yozib beraman, - debdi. Ertasiga yana uribdi va indinga urmaslik haqida tilxat yozib beribdi. Bir hafta o‘tgandan keyin sher quyonni ko‘rib qolib: — Ayiq urmayaptimi endi? - deb so‘rabdi. Quyon: — Eh, urishi o‘sha-o‘sha. Faqat qog‘oz ko‘payib ketdi, - dermish.
Kichkina pashsha uchib ketayotsa, yo‘lidan fil chiqib qolibdi.
Pashsha:
— Qochasanmi yoki urib o‘taymi? – desa, fil:
— Mayli, o‘tgan safardagidek chalib o‘tib ketaqol, - debdi.
Nabira bobosidan so‘rabdi:
— Buvajon, rotatsiya nima degani?
Bobosi, — Hozir tushuntiraman, - debdi-yu, bir daraxtning tagiga borib uni qattiq uribdi.
Daraxtda o‘tirgan barcha qushlar havoga uchibdi-da, yana qaytib boshqa shoxlarga qo‘nib olishibdi.
Shunda bobosi:
— Ko‘rdingmi nabiraginam? Huddi o‘sha qushlar, faqat o‘tirgan joyi o‘zgardi xolos!
Boshqa hech nima o‘zgarmadi... Rotatsiya ham shunga o‘xshaydi nabiraginam, - degan ekan.
Qo‘shni ayolning “Erimdan ko‘ra o‘g‘limni ko‘proq yaxshi ko‘raman!” degan gapini eshitib ensam qotadi...
Ishi chiqib qolsa, o‘g‘lini yetaklab chiqib, “Qarab turing” deb tashlab ketadi-yu, erini tashlab ketolmaydi.
Uchrashuvga chiqgan yigit va qiz suhbati:
Yigit:
— Ko‘proq uyda nimalar bilan bandsiz?
Qiz:
— Shu..., deyarli oshxonadan chiqmayman.
Yigit:
— O-o! Ovqat tayyorlashni yoqtirasizmi?
Qiz:
— Yo‘g‘-ye, yeyishni!
Telefonimdagi budilnik soatini ertalabki 6:00ga to‘g‘rilab qo‘ydim.
Lekin o‘zim 5:55 da uyg‘onib, budilnikni o‘chiraman. Chunki unga “Ummon”ni ashulasini qo‘yganman...