Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir ayol radioga telefon qilib, efirga chiqibdi. Salom yo‘llamoqchi ekanini aytib, debdi:
— Salom zapravkadagilar. Orangizda 3 kun avval metan quygani ketgan o‘g‘lim ham bor.
O‘g‘lim Anvarjon, telefoningni quvvati tugab qolgan bo‘lsa kerak, telefon qilsam "o‘chirilgan" deyapti.
O‘g‘lim, sen meni tinglayotgan bo‘lsang, yaxshilab eshit! Sen ketgan kuning xotining o‘g‘il farzandlik bo‘ldi. Bugun uyga javob berishdi. Bolang va xotining sog‘-salomat.
O‘g‘lingni ismini yaxshi niyat bilan Metanbek deb qo‘ydik. Umri zapravkadagi navbatlardagidek uzoq bo‘lsin.
Keyingi hafta beshik to‘y. Imkon qilib kela olsang kelgin bolam. Bo‘lmasa xafa bo‘lmaymiz. Tushunamiz holatni, deb onang.
Bir kuni ikki rus va o‘zimizning afandi Yaltada uchrashib qolishibdi. Afandi ruslardan qaysi shahardan ekanligini so‘rabdi.
Ruslardan biri:
— Andrey Moskvich! – debdi.
Ikinchisi:
— Vladimir Zaporojets, - debdi.
Shunda ziyrak afandi:
— Nasriddin Neksiya, - degan ekan.
Yosh kelin eridan so‘rabdi:
— Rostini ayting, siz mengacha birortasiga qaraganmisiz?
Kuyov:
— Ha, juda ko‘piga qaraganman.
Kelin:
— G‘amxo‘rlik ham qilganmisiz ularga?
— Ha! Hammasiga!
— Kim ekan ular???
— Qo‘ylarga-de...!
Kasbi elektrik bo‘lgan yigitni tok urib kasalxonaga tushib qolibdi.
Kasalxonada yigit hushiga kelib, yonida yotgan xonadosh bemor bilan tanishib undan so‘rabdi:
— Qayerliksiz?
— Qarshilikman, - debdi xonadoshi.
Shunda elektrik:
— Rezistor ekansiz-da... – desa, xonadoshi:
— Tok yomon urganga o‘xshaydi... – dermish.
“Bonusli somsa” deb yozilgan somsaxonaga kirgan xo‘randa, sotuvchidan so‘radi:
— Qanday qilib “bonusli somsa” yesam bo‘ladi?
Sotuvchi:
— Go‘shtli somsa deganidan istaganingizcha sotib olib, yeb ko‘rasiz. Agar birorta somsani ichidan go‘sht chiqib qolsa, bonusga yana bitta shunaqa somsa beramiz, - dermish.
Bir kuni er-xotin janjallashib qolishibdi. Xotinini jahli chiqib eriga:
— Sizga tekkandan ko‘ra shaytonga tekkanim yaxshi edi, - desa, eri qarab turib:
— Buni iloji yo‘q, yaqin qarindoshlarning nikoh qurishi man etiladi, - debdi.
Xotini ota-onasini uyidan xomush qaytib kelib, erini yoniga o‘tirib unga debdi:
— Otamni biznesi muvafaqqiyatsizlikka uchradi. Endi umuman pulsiz qoldilar...
Eri bu gapni eshitib, jig‘ibiyron bo‘la boshlabdi:
— Bilardim, otang bizni ajratish yo‘lini baribir topishlariga ishonchim komil edi...!
Mutaxasisilarning fikricha hozirgi zamonda ayollarga emas, erkaklarga haykal qo‘yish kerak.
Chunki ayollarning haykali har bitta dorixonaning tepasida bor!
Xotin eriga dedi:
— Azizim, sizni telefoningizdan dugonamga qo‘ng‘iroq qilib olsam maylimi? O‘zimnikida pul qolmabdi.
Eri:
— Mayli, qilaver!
Xotini dugonasini raqamini tersa, go‘shakni u tomonidan javob kelibdi:
— Allo, bormisiz jonim...