Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Ofitser askarlarni mashq qildiryapti:
— Hamma o‘ng oyog‘ini ko‘tarsin.
Bir askar adashib, chap oyog‘ini ko‘tarsa, ofitser jahl bilan:
— Bu nima maynavozchilik? Kim u ikkala oyog‘ini ham ko‘tarib olgan?
Ikki dugona suhbatidan.
— Erimning omadi yurishgani-yurishgan. Kechagina hayotini sug‘urta qildirgan edi. Bugun boshiga g‘isht tushib kasalxonada behush yotibdi...
Afandi qozilik qilib turganda, bir dehqon bilan duradgor arzga keldilar. O‘z foydasiga hukm chiqarishini iltimos qilib duradgor Afandiga eshik, dehqon esa ho‘kiz pora berdi. Afandi masalani kimning foydasiga hal qilish haqida ko‘p o‘ylanib, oxiri dehqon foydasiga hukm chiqardi.
Bundan xafa bo‘lgan duradgor:
— Taqsir, bizning eshik nima bo‘ldi? - deb so‘radi.
— Eshigingizni ho‘kiz suzib sindirib qo‘ydi, - javob berdi Afandi.
Kechqurun soqolini olib, atir sepib, galstuk kostyum kiyib olgan er oyna oldida o‘ziga oro berar ekan, xotinidan so‘rabdi:
— Azizim, agar bugun tongacha tungi klubda qolib ketsam qarshimasmisan?
— Ketavering, jonginam, men shoxingizdan ushlab turganim yo‘q-ku...
— Hayotimda 3 ta ayol bor ular: onam, xotinim va qizim, - deb intervyu bergan qo‘shiqchiga, buvisidan sms kelibdi:
— Pensiya pulimga obergan sovg‘alarim teshib chiqsin!
O‘t o‘chiruvchi yong‘in haqida xabar bergan kishidan so‘radi:
— Yong‘in bo‘layotgan joydan kabob hidi kelyaptimi?
— Yo‘q, sezmadim...
— Demak, jabrlanganlar yo‘q!
— Agar dekan aytgan gapini qaytib olmasa, — bir talaba ikkinchisiga arz qilyapti, — men universitetdan ketaman.
— Qiziq, u senga nima dedi?
— “Yo‘qol universitetdan!”
O‘g‘il:
— Dada menga 5000 so‘m bersangiz, kechasi oyim kim bilan uxlaganlarini aytaman.
Otaning jahli chiqib
— Mana 5000 so‘m. Oying kim bilan uxlaganini tez ayt!!!
O‘g‘il:
— Men bilan uxladilar...
Bir universititet rektori, talabadan so‘rabdi:
— Nimaga aynan bizni universitetni tanladingiz, - deb
Talaba javob beribdi:
— Qo‘ysangizchi dada bunday savollarni...