Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Futbol o‘yini, sharhlovchi:
— Xavfli vaziyat, hujumchi to‘p bilan bormoqda, darvoza himoyasiz qolgan..., darvozabon bilan yakkama-yakka... va ...zarba!!!
Voh, yaqin orada darvozabon bunaqa tepki yemagan edi...!
Bir aroqxo‘rning ichgisi kelib ko‘chaga chiqibdi. Hamma do‘konlar berk ekan. Nima qilishini bilmay tursa, notanish kampir unga qarab imlabdi.
Yaqinroq borsa, kampir unga bir shisha aroq ko‘rsatibdi:
— O-xo, buvijon, aroq necha pul?
— Uch ming besh yuz so‘m. Agar yana ichging kelsa, manavi raqamga telefon qil!
Piyonista aroqni uyiga olib kelib ichib ko‘rsa, oddiy suv!
Rosa jahli chiqib, kampir bergan raqamga qo‘ng‘irok qilibdi.
U yokdan ovoz eshitilibdi:
— Shahar suv oqova tarmog‘i eshitadi...
Ikkita bit barga kirib rosa ichishibdi. Kayf bo‘lib qolishgach, ko‘chaga chiqishib, bekatni oldida to‘xtashibdi. Shunda biri sherigidan so‘rabdi:
— Nima qilamiz? Piyoda ketaveramizmi yoki itni kutamizmi?
Ayiq, quyon va bo‘rini harbiy xizmatga chaqirishibdi. Yo‘lda uchchalasi voyenkomatga ketayotgan ekan. Ayiq aytibdi:
— Kelinglar, kelishib olaylik! Voyenkomni oldiga kim birinchi kirsa, u savollarni boshqalarga aytadi. Biz ham shu savollarga javob beramiz. Hammani javobi bir xil bo‘lsa, bir joyda xizmat qilamiz, - debdi.
— Osonroq xizmat - bu qurilish bataloni, - debdi bo‘ri.
Birinchi bo‘lib quyon kiribdi. Qaytib chiqib, shunday debdi:
— Voyenkom tankani, samolyotni, mashinani rasmlarini ko‘rsatadi. Bilmayman denglar. Keyin shkafni ichidan g‘isht olib stolga qo‘yadi. Bu g‘isht deb aytinglar. Shunda hammamizni qurilish botaloniga yozadi. Birga xizmat qilamiz.
Bo‘ri kirib-chiqib, — Hammasi joyida, qurilishga, - debdi.
Ayiq kirib ketibdi. Ichkarida voyenkom ayiqga savollar beribdi. Rasmlarni ko‘rsatibdi. Ayiq bilmasligini aytibdi. Voyenkom endi o‘rnidan turib, shkafga qarab ketayotsa, — G‘isht bor, g‘isht bor!, - deb baqiribdi ayiq. Voyenkom bo‘lsa:
— Qoyil senga! Seni qobiliyating bor ekan. Sen razvedkaga borasan, - debdi.
— Dugonajon, ozib, chiroyli boʻlib ketibsanmi ?
— Ha, 85 kilogramm edim. Mana hozir 70 kilogramman.
— Parhez qildingmi?
— Yoʻq. Hammasiga erim sababchi. Erimni boshqa ayol bilan uchrashib yurganini sezib qoldim. Alamimdan ozib ketyabman.
— Ajrashib ketmaysanmi?!
— Ajrashaman. Yana 15 kilogramm ozay, albatta ajrashaman.