Doda latifalar

Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir kuni Morgunov, Nikulin, Vitsin ov qilgani o‘rmonga borishibdi.
Morgunov sheriklariga har kuni bir odam qorin to‘yg‘azish uchun ov qilib, bitta hayvon tutib kelishni tayinlabdi va ovning birinchi kuni o‘zi bitta quyon ushlab kelibdi. Uni pishirib, yebdilar.
Ikkinchi kun Nikulin bitta kiyik ovlab kelibdi. Nihoyat navbat Vitsinga kelibdi.
Ov qilish u yoqda tursin, kulbadan chiqishga qo‘rqib o‘tirgan Vitsinni kulbadan zo‘rg‘a chiqarib yuborishibdi. U esa qo‘rqa-pisa o‘rmon ichkarisiga borayotgan ekan,oldidan katta sher chiqibdi. Vitsin oyog‘ini qo‘liga olib qochibdi. Sheriklari yoniga yugurib borib, kulbaga kirgan ekan, sher ham uning orqasidan ichkariga kirib olibdi. Vitsin:
— Sizlarga o‘xshab mayda-chuyda ovlab yurmayman. Mana sizlarga sher. Tushlikka ovlab keldim, - deb eshikning orqasidan berkitib qochib ketibdi.
19
Bir korxona rahbari xorijga safarga boribdi. Qaytib kelgach, korxonadagilarga safari to‘g‘risida gapirib berayotgan ekan, ishchilardan biri so‘rabdi:
— U yerdagilar ham o‘zbekcha gapirar ekanmi?
Rahbar o‘ylanib turib:
— Unisini bilmadim-u, lekin o‘zbekcha qarsak chalar ekan, - dermish.
16
Samolyotda qarg‘a, sher va bo‘ri ketayotgan ekan.
Qarg‘a sherni ustidan kulib, haqorat qilibdi. Buni ko‘rgan bo‘ri ham sherni haqorat qilgan ekan, sher uni samolyotdan uloqtirib yuboribdi-da debdi:
— Uchishni bilmasang, nima qilarding ustimdan kulib?!
15
Bir kuni ikki jinni gaplashib o‘tirishgan ekan. Biri o‘rnidan turib ketayotsa, ikkinchisi debdi:
— Qayerga ketyapsan?
— Suv ichishga.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi birinchi jinni.
Ikkinchi jinni suv ichib, o‘zidan-o‘zi kulib qaytayotganmish.
— Nimaga kulyapsan, - desa, jinni:
— O‘zimning o‘rnimga krandan suv ichdim. Sening o‘rningga esa ariqdan, - dermish.
18
— Oyi, muzlatgichdagi go‘shtdan yesam maylimi?
— Yo‘q bolam, u go‘shtni qora kunlarga asrab qo‘yganman.
— Choyimga shakar solsam-chi?
— Yo‘q, shakarni ham qora kunlarga saqlayapman.
— Eh-h, tezroq o‘sha qora kunlar kelaqolsaydi...
15
Ko‘chada qo‘shni ayolni ko‘rib qolib, undan so‘radim:
— Qayerga ketyapsiz?
— Vazirlikka. Tartibga keltirib kelish uchun.
— Qoyilman! Juda-yam jur’atli ekansiz-ku?!
— Yo‘q, men shunchaki u yerda farroshman...
20
Bir yigit do‘stiga debdi:
— Men xotinimni karate seksiyasiga berdim.
— Ho‘sh qalay?
— Yaxshi! Shug‘ullanyapti...
— Sen-chi?
— Men ham... Ovqat tayyorlashni, kirlarni yuvishni, uy tozalashni o‘rganib oldim...
25
Direktor bir o‘quvchiga maktab derazalarini bo‘yashni buyurgandi. Ikki soatdan so‘ng o‘quvchi direktordan so‘radi:
— Romlariniyam bo‘yaymi?
18
Afandi mast holda uyiga kirsa, uyida gaz hidi ekan. Afandi fikrlabdi:
"Hozir chiroqni yoqsam, yonib ketaman" deb, uyga sham yoqib kirgan ekan.
16
Qamoqxona boshlig‘i soqchiga debdi:
— Hamma yoqni tartibga keltiring! Bu yerga hokim kelyapti.
Soqchi xursand bo‘lib:
— Vanihoyat, oxiri qo‘lga tushibdi-da, ...
15