Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Yigitlarni xotirasi yaxshi emas! Bilasizmi nega? Sevgan qizini birinchi ko‘rgan kuni, telefon raqamini olgan kuni, uchrashuvga chiqgan kuni, kafega borgan kuni, gul bergan kuni, ... Bularni barchasini eslab qolishga qiynalishadi. Shuning uchun hammasini bir kunda bajarishga harakat qilishadi.
Yigit bilan qiz restoranga kirishibdi. Yigit yengilroq salatlardan buyurtma beribdi. Qiz tez-tez menyuga qarab qo‘yarmish. Vanihoyat yigit: — Biror issiqroq narsa buyurtma qilamizmi? - desa, qiz xursand bo‘lib: — Ha, - debdi. Shunda yigit ofitsiantni chaqirib: — Bizga 2 ta qaynoq choy! - degan ekan.
uyga shirakayf ahvolda kelgan er xotiniga: — Pul olib chiq! Taksi kutib turibdi, - debdi. Xotini: — Kim aroq olib berdi? Uyga kelishga ham bermadimi? - desa, eri: — Nega bermas ekan. Uyga ham berdi, - deb kastyumini ichidan bir shisha aroq chiqaribdi.
Bir kishi jon beray deb yotsa, oshxonadan shirin taomni hidi dimog‘iga urilibdi. — Nima pishirayotganding? - debdi xotiniga. — Osh boshlab qo‘ydim, - debdi. — Tezroq guruchini damla! Shu oshdan yeb ketay, - desa, xotini: — Yo‘q, oshni azaga keladiganlarga tayyorlayapman, - degan ekan.
— Allo, allo! Yordam bering. Men qo‘lni sindirib qo‘ydim. — Men vrach emasman. Advokatman. Vrachga qo‘ng‘iroq qiling! — Menga advokat kerak. Singan qo‘l meniki emas!