Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Allo, allo! Yordam bering. Men qo‘lni sindirib qo‘ydim. — Men vrach emasman. Advokatman. Vrachga qo‘ng‘iroq qiling! — Menga advokat kerak. Singan qo‘l meniki emas!
Daryoni narigi qirg‘og‘ida yashaydigan bo‘riga quyon sohilni bu tarafida har kuni turib olib: — Hoy bo‘ri, o‘t bu yoqqa! - deb maqtanar ekan. Bir kuni jahli chiqgan bo‘ri daryoni suzib o‘tib quyonni orqasiga berkinib olibdi. — Hoy bo‘ri, o‘t bu yoqqa! - deyishi bilan bo‘ri: — Mana o‘tdim! Nima deysan endi?! - desa, quyon: — Yuring, choyga chaqirgandim, - dermish.
Matematik fokus: Istagan sonni o‘ylang. Uni 3 ga ko‘paytiring. Natijadan 7 ni ayiring. Keyin 6 ga ko‘paytiring va 76 ni qo‘shing. Endi hisoblash uchun ko‘zlaringizni yuming. Qop-qorong‘u! Topdimmi?!
— Boshlig‘imiz ish vaqtida internetda o‘yin o‘ynab o‘tirganim uchun mukofot pulidan meni mahrum qildi. — Nega unga o‘yin o‘ynab o‘tirganingni sezdirding? — Qanaqasiga sezmasin. Internetdagi o‘yinda raqibim boshlig‘im bo‘lib chiqdi.
Chekka viloyatdan Toshkentga jo‘nayotgan avtobusga bir yigit chiqib haydovchidan so‘rabdi: — Aka, avtobus Toshkentga boradimi? — Ha, boradi, - debdi haydovchi. Yigit bo‘lsa: — Ichidagi yo‘lovchilarichi? - debdi.