Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
— Bugun meni portfelingizni qahvaxonada qoldirib kelibsiz deb mazhara qilmaydigan bo‘lding! – maqtandi er.
— Qiziqmisiz!? – hayratlandi xotini. — Axir ertalab ishga portfelsiz ketgandingiz-ku!
Ishga yana kech qolib kelgan xodimning oldidan rahbar chiqib so‘rabdi:
— Xo‘sh, bu safar nimani bahona qilasiz?
— Aytsam ishonmaysiz! Bekatda avtobus kutib...
— Balki bu safar men eshitmagan biror gapni aytarsiz?!
— Bugun ko‘rinishingiz juda ajoyib o‘rtoq boshliq...
Yangi Kaptiva mashinasi svetorofda to‘xtasa, orqasidan Lasetti kelib qarsillatib uribdi. Kaptivadan baquvvat yigit tushib qarasa, orqadan urgan mashinani oynalari tonirovka qilingan ekan. Borib oynalarni sindirguday qilib ura boshlabdi. Bir payt qora oynalar tushirilgan ekan, ichida 2 ta qo‘riqchisi katta amaldor o‘tirgan ekan.
Kaptivani egasi unga qarab:
— Boyadan beri mashinangizni pulini kimga berishni bilmay chaqiryapman, - dermish.
Arab shayxi yurtidan chiqib ketayotib, bojxona ko‘rigidan o‘tmoqda.
Bojxona xodimi:
— O‘zingiz bilan qimmatbaho narsalarni olganmisiz?
Arab shayxi:
— Ha. 145 kg oltinim bor. Olib ketsam bo‘ladimi?
Bojxona xodimi:
— Yo‘q, mumkin emas!
Arab shayxi yonida turgan xotiniga qarab:
— Eshitdingmi? Sen qoladigan bo‘lding.
Bir kuni o‘g‘il dadasiga qarab debdi: ⠀
— Dada men katta bo‘lsam yurak shifokori bo‘laman.
Dadasi debdi:
— O‘g‘lim, yurak shifokori bo‘lma tish shifokori bo‘l!
O‘g‘il:
— Nega?
Dadasi:
— Chunki yurak odamda bitta. Tish esa 32 ta debdi.
“Ovqat yeb o‘tiribsanmi, hech kimni eshitma va gapirma!” deb o‘rgatar edi onalar yosh bolalariga.
Fahmlashimcha “katta kresloda” o‘tirganlar bu iborani juda yaxshi o‘zlashtirganga o‘xshashadi.
Bir bola qarib qolgan buvisiga gap qaytarayotgan ekan, yonidan o‘tib ketayotgan odam buni ko‘rib debdi:
— Xolajon bu sizni nabirangizmi?
— Ha. O‘zim ko‘tarib katta qilganman, - debdi onaxon.
Haligi odam:
— Tashlab yubormabsizda, - dermish.
Vaqt allamahal bo‘lganda darvozadan kirib kelgan Farhod uni kutib olgan onasi debdi:
— Qayerlarda yuribsan Farhod? Soat nechi bo‘ldi?! Yuraver ertalabgacha!
Bu gapni eshitgan Farhodjon shu zahoti cho‘ntagidan telefonini olib, kimgadir qo‘ng‘iroq qilib:
— Allo, o‘rtoq ketib qolmadingmi? Ruxsat oldim. Hozir chiqaman, - debdi.