Latifa.uz saytida eng ko'p ovoz olgan latifalar ro'yxati.
Bir odam do‘kondan baliq sotib olgani borgandi, baliqlarning ichida bir qiyshiq baliq turganmish. Shunda haridor sotuvchiga qarab:
— Aka, nega bu balig‘ingiz qiyshiq desa.
— Ha, bu baliqni burilishda ushlaganmiz dermish.
Ikkita vrach suhbatlashmoqda: — Bilasizmi, men bemorimda ultratovush tekshiruvi o‘tkazib shunday diagnoz qo‘ydimki, u 1 oydan ortiq yashamasa kerak deb o‘ylagandim. 1 yil o‘tdi, soppa-sog‘ yuribdi... — Ko‘rdingizmi? Inson yashashni istasa, siz bilan meni diagnozlarim bir tiyin ekan.
— Allo, hayvonlarni himoya qilish jamiyatimi? — Ha. Nima gap? — Bu yoqqa odam yuborsangiz. Hovlidagi daraxtga pochtachi chiqib olibdi. Pastdagi itni haqorat qilyapti.
Ertalab restoranga bir odam hovliqib kirib: — Kecha kechqurun men shu yerda bo‘lganmidim? - debdi. Ofitsiant: — Ha, bo‘lgan edingiz, - debdi ofitsiant. — Ikki yuz ming so‘mlik aroq ichib qo‘ydimmi? - so‘rabdi yana. Ofiuiant: — Ha, - debdi. — Xudoga shukur-ey! Men pulimni yo‘qotib qo‘ydimmi deb qo‘rqib ketdim, - dermish.
Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati yozib o‘tiribdi: "O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim..." Ichki ishlar xodimi erkakka: — "Vositachilar" deb emas "vosita" deb to‘g‘ri yozing! Erkak: — Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.
rivojlangan mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashning ikkita usulini taklif qilishadi: Birinchisi, Shveysariya usuli. Rahbarlik lavozimlari muddatini qisqartirish. Shunda korrupsiyaga ulgurmaydi. Ikkinchisi, Koreya usuli. Umrni qisqartirish. Agarda mabodo korrupsiyaga ulgurgan bo‘lsa...!
O‘qituvchi Azizjondan so‘radi: — Sen katta bo‘lsang kim bo‘lasan? Azizjon: — Kambag‘al bo‘lmoqchiman. O‘qituvchisi: — Nega? Axir bu yaxshi emas-ku! Azizjon: — Chunki dadam ikki qavat hashamatli uylar, qimmatbaho mashinalarni yonidan o‘tayotib, "Qara o‘g‘lim, kambag‘allarni uyi ekan..." - deydilar.