Afandi bozorga eshagini olib borib, dallolga berdi. Bir xaridor uning tishini ko‘rmoqchi bo‘lgan edi, eshak xaridorning qo‘lini tishlab olibdi. Xaridor qo‘lini ushlaganicha ketvaribdi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, ikkinchi xaridor kelib, u ham eshakni silab ko‘rmoqchi bo‘lgan edi, eshak uni tepib yubordi. Bu xaridor ham oqsoqlanib ketib qolibdi. Dallol Afandining oldiga kelib g‘azab bilan:
— Eshagingizning fe’li yomon ekan. Oldidan kelganni tishlaydi, orqasidan kelganni tepadi. Bu eshakni birov tekinga ham olmaydi, - desa,
— Eshakni men bu yerga sotgani olib kelganim yo‘q, - dedi afandi, — uning menga ko‘rsatgan azobini boshqalar ham tatib ko‘rsin, - deb olib kelgan edim.