Firibgarlar haqida latifalar

Bir kishi do‘kondan ko‘mir sotib olsa, o‘ramni ustida quyidagicha yozib qo‘yilgan ekan:
"Mazkur ko‘mirni yoqish uchun 3434 raqamiga SMS yuboring".
Ko‘chada ketayotgan yigitni oldidan bir lo‘li chiqib:
— Ako keling, bir fol ko‘ray! Agar yaxshi xabar aytsam, 2000 so‘m berasiz. Yomon xabar aytsam, 1000 so‘m, - debdi.
Yigit rozi bo‘lib, qo‘lini uzatibdi.
Lo‘li yigitni kaftiga qarab:
— Xotiningiz homilador ekan. Yaqinda egizak o‘g‘illaringiz bo‘ladi, - desa,
Yigit xursand bo‘lib, 2000 uzatibdi.
Lo‘li 1000 so‘mni qaytib berib:
— Shoshmang ako, oxirigacha eshiting. Bolalarni otasi siz emassiz..., - dermish.
Bir yigit ko‘chadagi tilanchiga har kuni pul berib o‘tar ekan. Kuni kelib o‘sha yigit uylanibdi.
Tilanchiga pul bermay qo‘yibdi. Oradan ozroq vaqt o‘tib, tilanchi yigitni ko‘rib qolibdi-da:
— Nima bo‘ldi? Nega pul berib o‘tmaydigan bo‘lib ketding? - desa, yigit:
— Uylanib, ro‘zg‘ordan ortmay qoldi, - debdi.
Tilanchini jahli chiqib:
— Nima, oilangni mani hisobimdan boqasanmi?!?!
Bir yigit har kuni ko‘chadagi lo‘liga pul berib turarkan.
Oradan vaqtlar o‘tib, yigit lo‘lini yonidan pul bermay o‘tib keta boshlabdi.
Bir kuni lo‘li yigitni to‘xtatib:
— Nima uchun menga pul bermay qo‘yding? – dyesa, yigit:
— Uylandim. Oila tashvishi tushdi boshimga. Shunga... - debdi.
Lo‘li g‘azabga to‘lib:
— Nima, sen oilangni meni hisobimdan boqasanmi? – degan ekan.
Bir firibgar bisotidan:

— Kechirasiz 1000$ berib turing!
"OLASIZ" firmasi, "UXLADINGIZ" kompaniyasi
Direktor: Uxlatjonov O‘marjon
Manzil: Sabr qil tumani, To‘g‘ri tushun mahallasi, Mani kutgin ko‘chasi, 6-kulba.
Telefon: Yetti nol, topolmay o‘l.
Faks: 007, uxlab ketdi.
e-mail: [email protected]
sayt: www.insof.net
Mashhur aviakompaniya yangi uchuvchilarni ishga olish maqsadida nomzodlarni suhbatga chaqiribdi.
Suhbatga birinchi bo‘lib nemis kiribdi:
— Nechi yildan buyon uchasiz?
— Uch yil.
— Qancha maosh olishni xohlardingiz?
— Uch million. Bir million o‘zimga, bir million xotinimga va bir million sug‘urtaga.
Suhbatga ikkinchi bo‘lib ingliz kiribdi.
— Nechi yillik tajribangiz bor?
— Olti yillik.
— Maoshingiz qancha bo‘lishini xohlaysiz?
— Olti million. Ikki million o‘zimga, ikki million xotinimga va ikki million sug‘urtaga.
Uchinchi bo‘lib suhbatga rus kiribdi:
— Nechi yildan beri parvoz etasiz?
— Ey, men umuman balandlikdan qo‘rqaman. Lekin to‘qqiz million olishni istayman. Uch million menga va uch million sizga...!
Aviakompaniya direktori aqldan ozay debdi. Hayratlanib yana so‘rabdi:
— Unaqada kim uchadi?
— Nemis-da! Axir u uch millionga rozi-ku!
Tabibdan bemor so‘radi:
— O‘zi bu giyoh dorilarni foydasi bormi?
Tabib:
— Ha, albatta mana katta o‘g‘limga mashina, kenja o‘g‘limga uy olib berdim...
Xotin kitob o‘qib o‘tirib javrayapti:
— Voy, sharmanda, voy dahshat!
— Ha, xotin, tinchlikmi?
— Dadasi, to‘yimizdan oldin siz menga atab yozgan she’rlaringizni qandaydir Ahad Qayum kitob qilib chiqaribdi.
Saroy folbinini shoh o‘z huzuriga chaqirib debdi:
— Mening taqdirimni bilasanmi?
— Ha, bilaman, - debdi folbin.
Shohning jahli chiqib:
— Sen o‘z taqdiringni bilib olgin avval, - deb uning boshini tanasidan judo qilibdi.
Ikkinchi folbin shoh huzuriga kelibdi.
— Mening taqdirimni bilasanmi? - so‘rabdi shoh.
— Yo‘q, men sizni qachon o‘lishingizni bilaman.
— Qachon? - darg‘azab bo‘libdi shoh.
— Mening o‘limimdan ikki kun o‘tgandan keyin, - javob beribdi folbin.
Bir kishi folbinga borib, chap qo‘lini uzatibdi. Folbin qo‘liga tikilib qarab, — Tushunmadim, negadir hech narsani ko‘rolmayapman. Taqdiringiz tamom bo‘lgan shekilli, - desa, mijoz:
— Siz o‘ng qo‘limni ko‘ring. Chapi protez, - dermish.