Saroy folbinini shoh o‘z huzuriga chaqirib debdi:
— Mening taqdirimni bilasanmi?
— Ha, bilaman, - debdi folbin.
Shohning jahli chiqib:
— Sen o‘z taqdiringni bilib olgin avval, - deb uning boshini tanasidan judo qilibdi.
Ikkinchi folbin shoh huzuriga kelibdi.
— Mening taqdirimni bilasanmi? - so‘rabdi shoh.
— Yo‘q, men sizni qachon o‘lishingizni bilaman.
— Qachon? - darg‘azab bo‘libdi shoh.
— Mening o‘limimdan ikki kun o‘tgandan keyin, - javob beribdi folbin.