Jinnilar haqida latifalar

Uchta jinni mototsiklda qochib ketayotgan ekan, yo‘lda GAI xodimi tayoqchasini ko‘rsatib, "to‘xtaaa", - desa
Jinnilar:
— EE, qayerga o‘tirasan, joy yo‘qku, - deb o‘tib ketishibdi.
Bitta jinni qo‘liga bolta olib shifokorni quvib ketibdi. Keyin jinnixonani oxirgi qavatiga yetganlarida umuman qochadigan joy qolmabdi.
Shifokor qo‘rqib ketib, "Endi meni o‘ldiradi" deb o‘ylab turganida, jinni boltani shifokorga berib "Endi sen meni quv", dermish.
Ikkita jinni kasalxonadan qochib ketibdi. Vrachlar, militsiya xodimlari ularni qidirib topa olishmabdi. Kechki payt ikkala jinni, qaytib kelibdi. Sheriklari ularga:
— Nega qaytdilaring? Silarni rosa qidirib, topa olishmadi-ku, - desa.
Ikki jinni:
— Bugun biz repetitsiya qildik, endi ertaga qochamiz, - dermish.
Bir jinni "Aldadim, aldadim" deb baqirib quvonib yurgan ekan. Undan bir yigit so‘rabdi:
— Kimni aldading?
— Taksi haydovchisini!
— Nima deb aldading?
— Pulini to‘lab, mashinasiga o‘tirmay qochib ketdim, - degan ekan jinni.
Jinnilar jinnixonada o‘zlaricha to‘y qilayapti. Bittasi qo‘shiq aytayapti, bittasi chelakni chalyapti, bittasi supurgini gitara qilib olsa, bir jinni burchakda orqa tomonga qarab olib "Tiiiirrrr, tirtirtir" - deb tursa. Vrach kelib:
— Sen nima qilayapsan, burchakda tirillab to‘yga qatnashmiysanmi, - desa.
Haligi jinni vrachga qarab:
— Svet yo‘q-ku, men dvijokman, - dermish.
Ruhshunos mijozidan so‘rabdi:
— Men itman degan fikr sizda qachon paydo bo‘lgan?
Mijoz o‘ylanib turib:
— Yosh kuchukchaligimda, - dermish.
Bir jinni qo‘liga ko‘zgu olib, sherigiga dedi:
— Qara manavi odam menga o‘xsharkan.
Ikkinchi jinni ham ko‘zguni sherigining qo‘lidan olibdi-da:
— Ahmoq! Axir bu menmanku!, - degan ekan.
Hayoli parishon odam qo‘liga ko‘zgu oldida, tikilib turib, sherigiga dedi:
— Qara, negadir manavi bashara tanish ko‘rinyapti.
— Qani ber-chi!
Ikkinchisi ham ko‘zguga tikilib turibdi-da:
— E ahmoq, axir, bu menman-ku! – degan ekan.
Bitta jinni qo‘lida boltani ushlab olib, xursand yursa, shifokor:
— Nimaga xursandsan? - debdi.
Jinni:
— Palatadagi sherigimni boshini uzib, berkitib qo‘ydim. Uyg‘onsa, rosa izlaydi, - degan ekan.
Samolyotni havodagi parvozi vaqtida bortda janjal ko‘tarilibdi. Uchuvchi nima gapligini so‘rabdi. Shunda styuardessa:
— Ikkita jinni passajirimiz eshikni ochishimizni aytyapti. Tushib qolmoqchi ekan, - desa, uchuvchi styuardessaga:
— Ochmanglar! O‘tgan safar ochganimizda ikkitasi tushamiz deb, sakkiztasi chiqib olgandi, - dermish.