Militsiya haqida latifalar

Parkda ikkita sevishgan quchoqlashib turishsa, militsiya xodimi kelib:
— Jamoat joyida quchoqlashib turganlaring uchun silaga shtraf solaman. Yigitga 10ming, qizga 50ming, - debdi. Shunda yigit:
— Voy aka, man erkak bo‘la turib 10ming, bu qiz bo‘la turib 50 to‘laydimi?
— Uka man sani bu yerda birinchi ko‘rishim. Qizni esa beshinchi ko‘rishim, - dermish
— Zerikdingizmi? Sirlaringizni kimga aytishni bilmayapsizmi? Barcha sirlarni ochib, o‘zingizni yengil his qiling! 102 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, barchasini ro‘y-rost gapirib bering!
Ikkita jinni kasalxonadan qochib ketibdi. Vrachlar, militsiya xodimlari ularni qidirib topa olishmabdi. Kechki payt ikkala jinni, qaytib kelibdi. Sheriklari ularga:
— Nega qaytdilaring? Silarni rosa qidirib, topa olishmadi-ku, - desa.
Ikki jinni:
— Bugun biz repetitsiya qildik, endi ertaga qochamiz, - dermish.
Vrach bilan militsiya xodimi suhbatlashib tursa, sal nariroqda ikkita yigit janjallasha boshlabdi. Birini qo‘lida pichoq ham bor ekan. Shunda militsiya xodimi:
— Men borib ajratay. Bo‘lmasa hozir anavi odam pichoqni ishlatsa, jinoyat bo‘ladi. Men ajratmaganim uchun jazolashadi. Pulsiz, ishsiz qolib ketaman, - desa, vrach:
— Shoshmay tur! – debdi.
Ko‘p o‘tmay urishayotganlarlardan biri ikkinchisini pichoqlab qo‘yibdi. Shunda vrach:
— Ana, endi borsak bo‘ladi. Pichoq ko‘targani seniki, jarohatlangani meniki. Ikkalamizga ham ish bor! – dermish
Vrach - kasal bo‘lsangiz xursand bo‘ladi.
Militsiya - jinoyatchi bo‘lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o‘g‘ri sizga hamisha mo‘may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.
Militsiyaga ishga kirmoqchi bo‘lgan bola, hamma komissiyadan o‘tib, oxiri boshliqni suhbatiga kiribdi.
Boshliq:
— Xo‘sh, mana komissiyadan yaxshi o‘tibsan. Qani ayt-chi, Kumushga kim zahar berib o‘ldirgan?
— Bilmayman o‘rtoq boshliq.
— Nyutonni boshiga tepadan nima tushgan?
— Uni ham bilmayman...
— Senga bir hafta muhlat. Aniqlab kelasan, - debdi.
Yigit uyiga kelsa, adasi so‘rabdi:
— Ha o‘g‘lim, ishga olishdimi? - desa, o‘g‘li:
— Ha ada olishdi. Birinchi ish kunimni o‘zidayoq ikkita jinoiy ish ham berishdi, - dermish.
Bir qiz cho‘milgani ko‘l bo‘yiga borib qarasa, bir militsiya xodimidan boshqa hech kim yo‘q ekan. Qiz "mayli" deb yechinib, sekin suvga tusha boshlabdi. Shunda militsiya xodimi kelib:
— Yaxshi qiz, bu yerda cho‘milish ta’qiqlangan, - debdi.
Qizni jahli chiqib:
— Qanaqa odamsiz, nega oldinroq aytmadingiz?! Ko‘rdiz-ku kiyimlarimni yechayotganimni, - debdi.
Shunda militsiya xodimi:
— Yechinish ta’qiqlanmagan, cho‘milish ta’qiqlangan, - dermish.
— Nega xafasan?
— Telefonimni o‘g‘irlab ketishdi.
— Militsiyaga bormadingmi?
— Bordim, ular olishmapti.
Militsiya bo‘linmasida yarim kechasi telefon jiringlab qolibdi. Navbatchi trubkani ko‘tarib:
— Militsiya navbatchisi eshitadi.
Narigi tomondan vahimaga to‘la, qo‘rquvdan qaltiragan ovoz kelibdi:
—Tezda Tolzor ko‘cha 18-uyga naryad yuboringlar. Uyda qora mushuk yuribdi. Vajoxati juda yomon.
— Bir mushukni deb militsiyani bezovta qildingmi lanati! Bu ishing uchun javobgarlikka tortilasan. Kimsan o‘zing?
— To‘timan men to‘ti! - dermish trubkani u tomonidan.
Bir chol baliq ovlab o‘tirgan ekan, uning oldiga militsiya kelib dedi:
— Otaxon, bu yerda baliq tutish ta’qiqlangan!
— Men baliq ovlamayaman, chuvalchang cho‘miltiryapman, - debdi chol.
Militsiya xodimi:
— Axir siz chuvalchangni ta’qiqlangan joyda qip yalang‘och cho‘miltiryapsiz!