Militsiya haqida latifalar

Farrosh ayol militsiyaga shikoyat qilmoqda:
— Ortimdan kelib, tilla zanjirimni o‘g‘irlab ketdi.
— Siz qochishga urinmadingizmi?
— Qayoqqa qochaman? O‘ng tarafimda devor, chap tarafimda chelak, orqamda o‘sha ablah o‘g‘ri turibdi. Old tomondagi pollarni yuvib bo‘lgandim. Iflos qilgim kelmadi.
— Erim yo‘qolib qoldi. O‘rtoq militsioner erimni shu bugunoq topib beringlar. Men erimni sevaman, erimsiz dunyo ko‘zimga qorongu. Topinglar, qidiringlar erimni
— Xonim, sal o‘zizni bosib oling. Bir boshidan ayting, eriz qachon yo‘qoldi?
— Bir haftacha bo‘ldi yo‘qolganiga, shu bugunoq topasizlarmi?
— Nimaga aynan bugun topishimiz kerak?
— Bugun erimni oylik oladigan kunida - debdi.
Bir kuni afandi militsiyaga qo‘ng‘iroq qilib:
— 715 raqamli oq rangli Neksiyani topib beringlar, - debdi.
Militsiya:
— Mashinangizni o‘g‘rilar ketishdimi? - desa, afandi:
— Yo‘q. Shu mashinani orqasiga eshagimni bog‘lab qo‘ygan edim. Mashinani haydab ketib qolishibdi, - dermish.

Bir kishi omborida qo‘lbola aroq tayyorlar ekan. Chelakni ko‘tarib suvga chiqib ketib qaytib kelib qarasa, ikkita militsioner turganmish.
— Hm, samogon qaynatyapmizmi? – deyishibdi ular. – Tushuntirish xati yoz!
— Nima deb yozay?
— Borini yoz! Qanday bo‘lsa shunday!
Haligi kishi shunday deb yozib beribdi:
“Qarasam ombordan tutun chiqyapti. Yong‘in deb o‘ylab, chelakni suvga to‘ldirib chopib kelsam, ikkita melitsiya qo‘lbola aroq qaynatib o‘tirishgan ekan...”

— Allo, bu militsiyami?
— Ha, navbatchilik qismi? Gapiring, eshitamiz.
— Bilasizmi, men o‘z uyimda erimni jazmani bilan "ushlab oldim"!
— Bizlarga nima uchun qo‘ng‘iroq qilyapsiz?
— Erim va jazmanini bo‘ynidan juda qattiq ushlab olganman shekilli, qimirlamay qolishdi.
Bir mashhur chet ellik yulduz ko‘chada kimdandir qochib ketayotsa, oldidan ichki ishlar xodimi chiqib qolibdi:
— Kimdan qochyapsiz? Nima bo‘ldi? - desa, haligi mashhur yulduz:
— Yordam bering komandir! Meni bezorilar quvlab kelishyapti, - debdi.
— Mana bu yoqda, kelinglar tezroq bu yoqqa, - deb baqiribdi xodim.
YPH xodimi haydovchini to‘xtatib so‘ray boshlabdi:
— Haydovchilik guvohnomangiz bormi?
— Bor, marhamat.
— Mashinani texnik ko‘rik hujjati bormi?
— Albatta.
— Sug‘urta polisi?
— Bor.
— Aptechka?
— Bor.
— O‘t o‘chirgich?
— Bor.
— Mashinangizda radio priyomnik bormi?
— Bor. Nega?
— Musiqani sho‘xidan qo‘ying!
— Nega axir. Hamma narsangiz bor ekan. Hozir raqsga tushaman pul qistirarsiz hech bo‘lmasa...!
— Kechirasiz, shu yaqin-atrofda militsiyani ko‘rmadingizmi?
— Yo‘q, ko‘rmadim.
— Unda hamyoningni ber ovsar!
Militsiya tayanch punktida erkak tushuntirish xati yozib o‘tiribdi:
"O‘ta kuchli psixotrop vositachilar ta’sirida edim..."
Ichki ishlar xodimi erkakka:
— "Vositachilar" deb emas "vosita" deb to‘g‘ri yozing!
Erkak:
— Yo‘q, bu yerda men xotinim va qaynonamni nazarda tutdim.