Lof-yolgon haqida latifalar

ENG MAShHUR YoLG‘ONLAR.
— Seni laylaklar olib kelgan...
— Seni o‘ylab tuni bilan uxlay olmadim...
— Ayollarni xunugi bo‘lmaydi...
— Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun...
— Xuddi siz uchun tayorlangandek sizga juda yarashdi...
— Men uchun eng muhimi qalb go‘zalligi, yuz go‘zalligi emas...
— O‘tirsangiz, osh pishayotgan edi...
— Bizni taklif qilishdi, lekin biz bormadik...
— Orqasidan gapiryapman, shu yerda bo‘lsa yuziga ham aytaman...
— Oxirgisini sizga sotayapman, bundan boshqa qolmadi...
Qarg‘a tumshug‘ida pishloq tishlab, daraxtda o‘tirgan ekan. Bir payt daraxt tagiga ayyor tulki kelibdi-da, qo‘lidagi gazetani varoqlab o‘qiy boshlabdi:
— O‘rmonimizdagi hayot kundan-kunga yaxshilanmoqda. Tez orada har bir daraxt shohlarida pishloqlar pishib turadi...
Qarg‘a esa buni eshitib, tulkining ustidan — "xa-xa-xa", - deb kulgan ekan, og‘zidagi pishloq to‘ppa-to‘g‘ri tulkining qo‘liga kelib tushibdi.
Shunda tulki pishloqni og‘ziga solib, daraxt tepasidagi qarg‘aga:
— Gazetadagi xabarlar ustidan kulish yaxshi emas, - degan ekan.
— Otaxon, yuz yoshdan oshibsiz. Buni siri nimada?
— Buni siri - umrimda hech kim bilan tortishmaganman, garov o‘ynamaganman.
— Yo‘g‘eyeye, bo‘lishi mumkinmas...
— To‘ppa-to‘g‘ri, bo‘lishi mumkinmas!
— Yaxshi qiz, yoshingiz nechida?
— 23ni urib qo‘ygandim...
— Ancha bo‘ldimi urganingizga?
— 7 yilcha bo‘lib qoldi...
Afandi baliq tutib oʻtirgan yosh bolalarga debdi:
— Hozir baliq tutmanglar! Hozir baliqlar bolalaydigan payt!
Bolalar:
— Amaki, buni oʻzimiz ham bilamiz! Biz erkak baliqlarni tutyapmiz, - debdi.
Bir erkak 10 qavatdan pastga yiqilib tushibdi. Havoda pastga tushayotgan erkak o‘ziga-o‘zi debdi:
— Agar tirik qolsam, ichishni, chekishni tashlayman, xotinimga vafodor bo‘laman!
Omadi kelib qolib, shaloplab hovuzga tushibdi. Suvdan boshini chiqarib:
— Pastga tushgunimcha 5 soniya o‘tdi-yu, boshimga ming xil bema’ni fikrlar keldi-ya, - dermish.
Dorixonaga kirgan ayol sotuvchiga murojat qildi:
— Sizda soch o‘stiradigan dori bormi? Iloji bo‘lsa, ta’siri kuchlirog‘idan...
Sotuvchi:
— Albatta, juda-yam kuchlisidan bor!
Xaridor:
— Bunga biror dalil ko‘rsata olsizmi?
Sotuvchi kassa yonida turgan sermo‘ylov erkakni ko‘rsatib debdi:
— Anavi ayol hozirgina shu dorini xarid qildi. Dori qopqog‘ini tishi bilan ochishga uringan edi...
Ikki aka-uka uzoq masofani qay biri yaxshi ko‘ra olishini sinash uchun bellashishibdi.
— Aka, hov anavi o‘rmonning orqasidagi cho‘lda bir chumoli ketayapti, - desa, akasi:
— Ha, ukajon. O‘g‘il bola chumoli degin, - dermish.
— Bugun ertalab juda barvaqt turdim. Hiyobonda yugurib yursam, qarshimdan o‘zga sayyoralik chiqib qoldi.
— Qo‘ysang-chi! Hech ham ishonmayman, seni barvaqt turib, yugurganingga!
Bir cho‘pon qo‘y bilan shaxmat o‘ynab o‘tirgan ekan.
Buni ko‘rgan odamlar:
— Juda aqilli qo‘y ekan-mi?! – deyishsa, cho‘pon:
— Nimasi aqilli!? 2:1 ga yutqizyapti, - degan ekan.