Lof-yolgon haqida latifalar

Fermada yashaydigan sigir buqani sevib qolibdi.
Buqaga chiroyli ko‘rinish uchun ozaman deb ovqat yemay qo‘yibdi.
Buni ko‘rgan ferma egasi sigirni qassobga topshirib yuborgan ekan.

Bir kishi cho‘lda chanqab ketayosa, oldidan quduq chiqib qolibdi.
"Suv-suv" deb qo‘duq tomon yugursa, uni ichidan bir odam chiqib "Qani?" debdi.

Institutda kursdoshlarim mendan saqich so‘rayvergan edi, bo‘shagan dori idishiga saqichlarimni solib oldim.
Maktabda ikkita yoshi katta kishilar uchrashib qolibdi:
— Kechirasiz, siz o‘g‘lingizga kelgan bo‘lsangiz kerak?!
— Yo‘q, men sinfdan-sinfga qolaverib maktabni haliyam tugata olmadim. Siz-chi? Turmush o‘rtog‘ingiz o‘qituvchi bo‘lsa kerak, uni kutib olish uchun keldingizmi?
— Qayoqda?! Dadamni darslari tugasa, uyga olib ketish uchun keldim.
Bir kishi ishsiz, pulsiz qolib ketibdi.
Do‘sti unga yaxshilik qilmoqchi bo‘lib korxonasiga ishga joylashtiribdi. U kishi har kuni kelib-ketib, hech ish qilmasdan oylik olib yuraveribdi-yuraveribdi.
Bir kuni do‘stini yoniga kirib debdi:
— Shunaqayam adolatsizlik bo‘ladimi?!
— Nima bo‘ldi do‘stim? Axir men senga ish berdim, oylik olyapsan, - desa, haligi kishi:
— Ishxonaga kelib ketishim shartmi?! Oyligimni uyga olib borib berishsa bo‘lmaydimi!? - debdi.
Raketa oynalarini tonirovka qilib olgan kosmonavtlar oyni ko‘rmasdan yonidan uchib o‘tib ketishdi.

Do‘kon sotuvchisini yoniga har kuni bir kuchuk og‘zida xalta ko‘tarib kirarkan. Sotuvchi xaltani ichidan pulni olib, xaltaga nonni solib, yana kuchukka bersa, kuchuk uyga non olib ketarkan.
Kunlarni birida sotuvchi kuchukni orqasidan borib, qayerda yashashini ko‘rmoqchi bo‘libdi. kuchuk bir eshikni qo‘ng‘irog‘ini chalsa, ichkaridan egasi chiqib kuchukni ushirayotganmish.
Sotuvchi:
— Nega urishasiz? Axir bu eng aqlli kuchuk-ku! - desa, egasi:
— Men bunga nechi martta aytganman, meni ovora qilmasdan uyni kalitini olib yurgin deb... - debdi.

Morgda:
— Bu ikkalasi koviddan vafot etganmi?
— Ha.
— Bittasini boshi yorilgan-ku?!
— Bozorga tibbiy niqobsiz kiribdi.
— Ikkinchisiga pichoq urilgan-ku!
— Bozorga go‘sht olishga borgan ekan. Qassobni oldida niqobsiz aksirib yuboribdi.
— Ichasanmi?
— Yo‘q.
— Chekasanmi?
— Yo‘q.
— Qimor o‘ynaysanmi?
— Yo‘q.
— Ayollar bilan yurasanmi?
— Yo‘q.
— Nima balo, bironta ham nuqsoning yo‘qmi?!
— Faqat bitta nuqsonim bor.
— Qanaqa nuqson?
— Yolg‘onchiman.
Ikkita elektr o‘tkazgich ustunlar bir-biriga qarab debdi:
— Turaverib zerikib ketdim.
— Men ham, - debdi ikkinchisi.
— Yur ketdik, aylanib kelamiz. Bir kun chiroqsiz o‘tirishsa hech narsa bo‘lmas... - degan ekan.