Lof-yolgon haqida latifalar

Bir kishini og‘zidan badbo‘y hid kelarkan shunga hech kim unga tegmas ekan.
Mahalla raisiga borib:
— Meni uylantirib qo‘ymasangiz men hokimyatga ustingizdan arz qilaman, - debdi.
Oqsoqol boshqa oqsoqollar bilan gaplashib hidni bilmaydigan bir xotin topib, uylab qo‘yibdi.
Oradan 1 hafta o‘tib boyagi xotin Raisni oldiga kelibdi:
— Men u bilan yashamayman, - degan ekan
— Nimaga? - deb so‘rabdi oqsoqol
— Yonida yotsam ko‘zim achishib ketyapti, - debdi.
Yigit bilan qiz katta bir ko‘l bo‘yiga borishibdi.
Qiz:
— Kim shu ko‘l bo‘yida niyat qilib suvga tanga tashasa niyati ro‘ybga chiqarmish.
Shunda yigit birinchi bo‘lib niyat qilib suvga tangani tashlabdi.
Keyin qiz niyat qilib tanga tashayman deb, suvga o‘zi tushib ketibdi.
Yigit:
— Rostan ham niyat amalga osharkan...
Dinazavrlar qanday qirilib ketishgan?
Javob:
Erkak dinazavr ayol dinazavrga "Uyda o‘tir" degan.
Ayol dinazavr "Yo‘q" degan.
Erkak dinazavr ayol dinazavrga yana "Uyda o‘tir" degan.
Ayol dinazavr yana "Yo‘q" degan.
Shundan so‘ng Ayol dinazavr karantin vaqtida erkak dinazavrga "Uyda o‘tiring" degan.
Erkak dinazavr "Yo‘q" degan.
Shu bilan dinazavrlar qirilib ketishgan.

Eshmat lofchi Toshmat lofchiga aytarmish: Bilasanmi, kecha yap-yangi "Malibu"ni salondan olib chiqib, sening ko‘changda, naq balkoning tagida uyoqdan buyoqqa, buyoqdan uyoqqa rosa maza qilib haydadim, ko‘rmading.
Toshmat lofchi javob beribdi: Kecha band edim. Uyimga Munisa Rizayeva bilan Shahzoda kelgandi. Maza qilib choy ichib, o‘tirdik.
Eshmat lofchi: Yo‘g‘e, nega meni chaqirmading?, desa, Toshmat lofchi: Ayb o‘zingda. Chaqirmoqchi bo‘lib, balkonga chiqsam, ko‘chada uyoqdan bu yoqqa, bu yoqdan u yoqqa yurib, eshitmading, dermish...

— Qiziq. 90 ga yetganimda ko‘rinishim qanaqa bo‘lar ekan?!
— Nima? 90 ga yetasanmi hali yo‘qmi?
— Nega yetmas ekanman?! Hozir 85 man. Yana 5 kilogram yig‘sam bo‘ldi-da...!
Bir odamni qulog‘i shalpang quloq ekan.
Hamma uni masxara qilar ekan.
Karantin tugab, ko‘chaga chiqsa, maska taqaverib hammani qulog‘i shalpang quloq bo‘lib qolganini ko‘rib rosa xursand bo‘lgan ekan.
AQSHda norozilik namoyishi ishtirokchilari shaxmat o‘yini qoidalarini o‘zgartirishni talab qilishmoqda!
Ular o‘yinda birinchi bo‘lib qoralar yurishini xohlaydilar.
Hozirgi zamonda 12 yoshga to‘lgan qizlarni sobiq yigiti bor. O‘sha qizlar sobiq yigiti uni butun yoshligini sarob qilgani haqida gapirib berishadi.
Tipratikan bilan ilon turmush qursa, bir yarim metrli tikanli sim tug‘iladi.
Karam bilan sabzi cho‘milgani ko‘lga borishibdi.
Sabzi suvga tushib olib:
— Kel karam, cho‘milamiz, - debdi.
Karam:
— Hozir, yechinib olay, - debdi-yu, birozdan keyin yo‘qolib qolibdi.