Qoshnilar haqida latifalar

Samarqandlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi.
Opaning ko‘chasidan tramvay o‘tar ekan, tramvay har o‘tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo‘lib, qo‘shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so‘rabdi.
Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o‘tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi.
Yangi shifonerni ko‘rib, eshigini ochib qarasa ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi.
Shunda er achchig‘i chiqib:
— Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o‘tiribsan?, - desa.
Usta:
— E, qo‘shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o‘tiribman, - dermish.
Bir kuni geografiya o‘qituvchisi globusni ko‘rsatib:
— Soliyev Afrika qani?, - desa Soliyev:
— Men olmadim ustoz, - debdi.
O‘qituvchi yana so‘rabdi:
— Soliyev Afrikani menga topib ber!
Soliyev:
— Ustoz rostini aytyapman, men olmadim.
Shunda o‘qituvchi:
— Bor, dadangni chaqir!, - debdi. Dadasi kelgach:
— O‘g‘lingizga Afrikani ko‘rsat, qani deb so‘rasam, men olmadim deydi. Bunga nima deysiz?, - debdi.
Dadasi o‘g‘liga o‘girilib:
— O‘g‘lim, olgan bo‘lsang, qaytib ber!, - dermish. Aqldan ozay degan ustoz ota-bolani qo‘shnisini ko‘chada ko‘rib qolibdi-da, bo‘lgan voqeani gapirib bersa, qo‘shnisi:
— O‘zi bular shunaqa, olgan narsasini qaytarib berishmaydi, - dermish.
Ona besh yoshli o‘g‘liga tanbeh beribdi:
— Hadeb qo‘shnimizni uyiga chiqaverma! O‘zini bolalari ko‘p, yoqmaysan!
O‘g‘li:
— Nega endi? Har chiqqanimda, onasi:
— Kelaqol. Sen yetmay turganding o‘zi!, - deydi-ku...
Qo‘shnim Hamdam boboning aytishicha, u Titanik kemasini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgan ekan.
Boshidanoq hammani kema cho‘kib ketishi haqida ogohlantiribdi. Hech kim e’tibor bermabdi. Ammo, bobo baribir kema cho‘kib, yo‘lovchilarning katta qismi halok bo‘lishini qayta-qayta aytaveribdi. Axiyri odamlar bezor bo‘lib, boboni kinoteatrdan haydab chiqarib yuborishibdi.
Qo‘shni o‘g‘lingizni tarbiyasi bilan yaxshilab shug‘ullansangiz bo‘lmaydimi? Bemaxalda tungi barlarda, kafelarda daydib yurarkan?!
— Sizga kim aytdi?
— Ana qizim aytdi, har kuni ko‘rar ekan!!!
Bir chol ko‘p qavatli uyning to‘qqizinchi qavatida yashar ekan. Uyiga chiqishda hecham liftdan foydalanmas ekan.
Shunda bir qo‘shni kuzata turib:
— Otaxon, tayyor lift turib, nega nuqul zinadan chiqasiz?, - desa, chol:
— E, bolam! "Lift to‘rt kishi uchun" deb yozib qo‘yilgan. To‘rt kishini qayerdan topaman? - dermish.
Bir kuni afandi farzandli bo‘libdi. Oradan bir yil o‘tibdi farzandi birinchi aytgan so‘zi "Tovuq" bo‘libdi. O‘sha kuni tovuq o‘lib qolibdi. Keyin "Sigir" desa, u ham ertasiga o‘lib qolibdi.
Afandi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim "Dada" demagin, iltimos, - debdi.
2 kun o‘tib, bolasi "Dada" degan ekan afandi uyiga kirib, ko‘rpa-to‘shak qilib yotib olibdi. Bir kun o‘tarmish, o‘lmasmish. 2 kun o‘tarmish, o‘lmasmish.
Uchinchi kuniga xotini kirib:
— Chiqing adasi. Qo‘shnimiz Qo‘chqor aka o‘lib qolibdilar, - degan ekan.
Bir yigit domni tagiga borib, 8-qavatni derazasidan qarab turgan odamga:
— Aka, pastga tushing. Gap bor, - debdi.
Haligi odam zinadan pastga tushib:
— Nima gapingiz bor uka, - desa, yigit:
— Ahmad akani uyi qaysi, - deb so‘rabdi.
Haligi odam:
— Men bilan yuring, ko‘rsataman, - deb, yigitni 8-qavatga olib chiqib:
— Ahmad akani uyi anavi ro‘paradagi domni to‘qqizinchi qavatida, - dermish.
Bir yigit qo‘shnisidan:
— Tug‘ilgan kuning qachon?, - deb so‘rabdi.
— May oyida. Nega so‘rayapsan?
— Senga parda sovg‘a qilmoqchiman. Derazangga osib qo‘yasan. Xotining uyda nuqul ochiq-sochiq kiyinib yuradi.
— Men esa seni tug‘ilgan kuningga binokl sovg‘a qilaman. Ko‘rgan ayoling, kim ekanini kuzatishing uchun...
Bir kuni Afandi "Bugun osh qilaman" degan hayol bilan go‘sht, sabzilarni to‘g‘rab, qozon osibdi. Qarasa, guruchi qolmagan ekan. O‘ylab-o‘ylab ro‘parada yashovchi beva ayoldan so‘rashga qaror qilibdi. Qo‘lida kosa bilan chiqib, qo‘ng‘iroqni bosib, o‘ylanib qolibdi Afandi:
"Hozir men guruch so‘rasam, bu ayol menga "osh qilyapsizmi" deydi. Men uni mehmonga chaqirishga majbur bo‘laman. Osh bahona men bilan tanishib olib, keyin undan qutulolmay yursam-chi?!" deb hayol surib turgan ekan, eshik ochilib qo‘shni ayol chiqib qolibdi. Afandi bo‘lsa ayolga qarab:
— E, guruching boshshingda qolsin, - dermush.