Qoshnilar haqida latifalar

Tug‘ruqxonadagi ayolni yoniga farishta kelib:
— Farzandingni dunyoga keltirayotganingda senda bo‘ladigan og‘riqlarning yarmini bolaning otasiga o‘tkazib qo‘yaman, - debdi.
— Tunda ayol farzandini dunyoga keltirib bo‘lgach, tongda uni ko‘rgani kelgan eriga:
— Adasi, kechasi yaxshi uxladingizmi? - desa, eri:
— Yo‘q, qo‘shnimiz Normat aka kechasi bilan baqiraverib, umuman uyqu bermadi, - dermish.
Qo‘shnisini eshigini taqqillatgan kishi hovliga kirib:
— Kiraveraymi? Itingiz tishlamaydimi? - deb so‘rabdi.
— Bilmadim. O‘zim ham qiziqib ketyapman. Kecha olib kelganman o‘zi... - dermish uy egasi.
Bir kuni qo‘shnisi Afandidan so‘radi:
— Sizda qirq yillik sirka bor deb eshitaman, rostmi?
— Ha, rost,— dedi Afandi.
— Sirkani qirq yil qandoq asradingiz? Picha beringchi?
— Har kimga picha-picha beraversam, qirq yil ichida sirka qolarmidi,— javob berdi Afandi.
Bir kuni afandi bir arava o‘tin olib ketayotsa, qo‘shnisi so‘rabdi:
— Nima olib ketyapsiz afandi?
— Beda, - debdi afandi. Qo‘shnisi:
— O‘tin-ku, - desa, afandi:
— Bilsang, nega so‘rayapsan? – degan ekan.
Er-xotin yangi xonadonga ko‘chib o‘tishibdi. Xotin eriga:
— Jonim, uyimizning devorlari ingichka ekan. Sal balandroq gapirsam, qo‘shnilarga eshitiladi. Shu devorlarni qalinrog‘iga almashtirsakmikan? – desa, eri xotirjam o‘tirib:
— Havotir olma! Qo‘shnilarning o‘zi seni ovozingni eshitishlari bilan devorlarini almashtirib olishadi, - dermish.
Bir boyning kambag‘al qo‘shnisi bor ekan. Bir kuni boy kambag‘al qo‘shnisini devoridan mo‘ralasa, kambag‘al ko‘zani silabdi. Ichidan jin chiqibdi-yu, — Amringizga muntazirman, - debdi.
Kambag‘al qo‘shnisi jinga qarab:
— Bitta choy damlab kel!, - desa, zum o‘tmay jin choynakda choy olib kelibdi.
Buni ko‘rgan boy yugurib chiqib qo‘shnisiga:
— Shu ko‘zani menga sot! Istagan pulingni beraman, - deb yolvoribdi. Kambag‘al boyni hamma pullarini, uyini, xazinasini olib, ko‘zani unga beribdi.
Boy xursand bo‘lib, eski kulbaga kiribdi-da, ko‘zani silabdi:
— Amringizga muntazirman, - deb chiqibdi jin ichidan.
— Menga katta saroy, behisob tilla ber!, - desa, jin:
— Buni iloji yo‘q. Chunki men faqat choy damlashni bilaman, - dermish.
Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko‘rdingmi?
Xotini:
— Yo‘q. Qo‘shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.
— Do‘stim, eshitishimga qaraganda, qizing fortepiano chalishni o‘rganayotgan emish. Xo‘sh, muvaffaqqiyatlar qanday?
— O-o, gap yo‘q! U tufayli ikkita qo‘shnimning hovlisini arzon-garovga sotib oldim.
Qotillikda ayblangan odamni sud qilishyapti. Sudya:
— Siz xotiningizni bolta bilan o‘ldirgansiz!
Sud zalidan ovoz keldi:
— «ABLAH!!!».
Sudya:
— Siz yana qaynonangizni ham bolta bilan o‘ldirgansiz.
Sud zalidan yana ovoz keldi:
— «IFLOS!!».
Sudya baqirgan odamga:
— Janob, bu kishining qabih jinoyatlari jahlingizni chiqarayotganini bilaman, lekin yana bir marta baqirsangiz, zaldan chiqazib yuboraman.
— Uzr, janob sudya, man bu kishining 22 yillik qo‘shnisiman. Bu ablahdan har doim bolta so‘rasam, boltam yo‘q derdi.
Bir erkak mashinasini hadeb artib, quchoqlab, ma’yus holda mashinani silab qo‘yarmush
Buni qo‘shnisi ko‘rib:
— Ha qo‘shni, mashinani sotimoqchimisiz deyman?! - desa, hali erkak:
— Yo‘g‘-ye, xotinim haydovchilik guvohnomasi oldi, - dermish.