Kelinlar haqida latifalar

Ertalab kelin kaftlarini yerga tekkazib, mashq qilayotsa, qaynonasi unga qarab:
— Salom bersangiz bo‘ldi. Ta’zim qilishingiz shart emas!, - debdi.
Otaning qiziga nasihati:
Endi ona qizim, har bir qiz o‘z uyiga “Gosti”. Shunday ekan, senga aytar Statusim: Kuyovnikiga borganda “Zakrыt Profil” bo‘lgin. Eringdan boshqasi senga “Drujba” tashlasa “Ignor” qilgin. Eringni kamchiliklarini hamisha “Nevidim” qilgin. Qaynota-Qaynonangni har bir gapiga “Klass” deb turgin. Uydagi “Soobsheniya” va “Obsujdeniya”larni bizga va ko‘chadagilarga aslo “Kopiravat” qila ko‘rmagin. Qo‘shnilaringga “Druzya” bo‘l! Qaynopalaring bilan esa “Luchshiye Druzya” bo‘lgin. Har bir qiliqlariga “Layk” deb turgin. Ularning “Chyornыy spiska»siga aslo tusha ko‘rmagin!
Qaynona yangi tug‘ilgan nabirasiga qarab turib keliniga:
— Umuman o‘g‘limga o‘xshamaydi, - desa, kelinini jahli chiqib:
— Oyijon, men sizga kseroks emasman! - dermish.
Yangi kelinchakka uydagilari:
— Borgan joyingda hammani sizlab gapirgin, - deb o‘rgatishibdi.
Kelin hovlini supurayotsa, bir tovuq axlatni titishni boshlabdi. Kelin tovuqni hayday boshlabdi:
— Kishting, kishting, kishting!!!
Yangi kelin-kuyov tushlik ovqatdan keyin ota-onasi bilan gaplashib o‘tirishsa, kuyov bola kelinga "Tur uyga kiramiz" degan parolni bermoqchi bo‘lib, stol tagidan xotinini oyog‘i bilan turtib imlabdi. Yana bir ozdan keyin sal kuchliroq turtsa, kelin yana indamabdi. Bundan kuyov bolani jahli chiqib bir tepgan ekan, kuyovni adasini jahli chiqib:
— Gaping bo‘lsa gapir! Boyadan beri nega oyog‘imga tepasan?! - dermish.
To‘ydan o‘n kun o‘tgach kuyov:
— Bo‘ldi go‘zalim, boshqa yaramayman. 10ta bo‘ldi, bugunga yetadi. Soat ham 3 bo‘libdi. Ertalab ishga borishim kerak.
— Yo‘q, yana bitta bo‘lmasa uxlatmayman, o‘zingiz aytgansiz bugun 12ta deb.
— Boshqa yaramayman, charchadim axir.
— To‘ygacha hamma ishga yarayman, - deb lag‘mon osgan ekansiz-da! Kimga turmushga chiqdim men o‘zi?
— Bo‘pti farishtam, yana bitta bo‘lsa bittada. Faqat kelishvolaylik, bu oxirgisi.
— Rahmat jonim, shu remontni to‘ygacha bitkazvorganingizda, hozir yarim kechagacha oboy yopishtirmayotgan bo‘lardik. Qani oling oboyni yana bittasini...
Yangi uylangan o‘g‘il va ona suhbati. Ona:
— Bu kelin juda yomon ekan! - desa, o‘g‘li:
— Unaqa demang oyi. Bunaqa kelinni yana qayerdan topasiz?! - degan ekan. Onasi unga qarab:
— Jinnixonadan! - dermish.
Jinnixonada bir yigit chiroyli kelishgan doim o‘ychan o‘tirardi. Undan nega jinni bo‘lib qolgansiz dedim. To‘g‘risi bergan savolimdan o‘zim ham qo‘rqib ketdim, lekin u bosiqlik bilan gap boshladi:
— Men ancha yil oldin. 20 yoshimda 39 yoshli ayolga uylandim. Xotinimni 20 yoshli qizi bor edi. Qizini eri yo‘q edi. Meni dadam 43 yoshda bo‘lib xotinimni qiziga uylandi. Ya’ni dadam meni xotinimga kuyov bo‘ldi. Boshqa tarafdan xotinimni qizi menga o‘gay ona bo‘ldi va bir o‘g‘il tug‘di. Menga uka, xotinimga nevara bo‘ldi. Bir tarafdan menga ham nevara bo‘ldi. Natijada men ukamni bobosi bo‘ldim. Yillar o‘tib xotinim ham o‘g‘il tug‘di. Dadamni xotini uchun uka, meni o‘g‘limga buvi. Yoki meni o‘g‘lim buvisiga uka bo‘ldi. Yana bir tarafdan xotinimni qizi. Meni o‘gay onam ug‘limga opa bo‘ldi. Hammadan daxshati shuki, men o‘g‘limga jiyan bo‘ldim. Ayting men jinni bo‘lmay kim jinni bo‘lsin!?
Barcha qaynonalarga savol:
Agar keliningiz hamma narsasini yig‘ishtirib, uydan butunlay ketayotgan bo‘lsa yana 2 hafta sizga xizmat qilib berishi shartmi?
Shahardan qishloqqa kelin bo‘lib tushgan qizga qaynonasi:
— Molxonaga kirib, sigirni sog‘ib chiqing, - desa, kelin tovuqxonaga kirib ketayotgan emish. Qaynonasi:
— Qayoqqa ketyapsiz? Sigirni sog‘ing desam, tovuqxonaga kirib ketyapsizmi? – desa, kelin:
— Voy oyijon, hayvonlarga-yam alohida-alohida xona qilib berganmisizlar? – dermish.