Kelinlar haqida latifalar

Qaynona keliniga tanbeh beraverarkan:
— Ovqat qilishni bilmaysiz! O‘g‘lim bechora bemaza ovqatlarni yeb, umri o‘tyapti! Sizdek xotin bilan yashab yuribdi bolam... Men sizni yoshingizda...bilasizmi?!
Kelin:
— Bilaman oyijon. Huddi meni yoshimda siz adajonni qirqini o‘tkazgan edingiz.
Qaynona keliniga tanbeh beraverarkan:
— Ovqat qilishni bilmaysiz! O‘g‘lim bechora bemaza ovqatlarni yeb, umri o‘tyapti! Sizdek xotin bilan yashab yuribdi bolam... Men sizni yoshingizda...bilasizmi?!
Kelin:
— Bilaman oyijon. Huddi meni yoshimda siz adajonni qirqini o‘tkazgan edingiz.
Ikkita kelin qaynonasi mehmonga ketganidan foydalanib, tuni bilan gaplashib chiqishibdi.
Yarim tunda soat 3:00larda kelinlardan biri:
— Endi uylarimizga kirib yotaqolaylik. Bu dunyoda bizdan boshqa yaxshi odam qolmadi shekilli, - debdi.
Bir oylik kelin yaqin dugonasiga hasrat qilyapti:
— Kecha kuni bilan chuchvara tugdim. Kechqurun erim kelib…
— Xo‘sh, xo‘sh? Nima dedi ering?
— “Qaytib bunaqangi chuchvara sotib olma” dedi.
Ayollar uydagi hamma ishlarni bajarishsa, qaynonalarga sezilmaydi.
Agar o‘sha ishlarni bajarishmasa, darrov seziladi...
Yosh kelin ertalab oshxonaga chiqibdi-yu, aksira boshlabdi.
Birinchi aksirganida kulib:
— Bunisi Yanvar, - debdi.
Birozdan keyin ikkinchi martta aksirib:
— Endi bunisi Fevral, - debdi. Shunaqa qilib, Mart, Aprel, May, Iyun, Iyul, ...
Bir payt orqasiga o‘girilib qarasa, qaynotasi o‘tirgan ekan. Kelin:
— Voy, adajon ko‘rmabman sizni. Anchadan beri o‘tiribsiz? - desa,
Qaynotasi:
— Yanvardan beri o‘tiribman, - dermish.
Qishloqqa yangi kelin tushibdi. Kelin har kuni quduqdan suv olib kelishda bitta sho‘x yigit hushtak chalarkan. Kelin qaynonisiga bu holni aytsa, qaynonasi qoshini qoqib, uyga boshlab kelishini aytibdi.
Eratasi kelin ortidan yigit kelibdi, yigitni ushlab olgan qaynota va qaynona ertalabgacha un tegirmonida eshakni o‘rnida ishlatishibdi.
Keyingi kuni kelin o‘tib ketayotib hushtak chalib qoshini qoqsa, yigit:
— Ha, uning tugadimi?, - dermish
Shahardan qishloqqa tushgan kelinga qaynonasi sigir sog‘ishni buyuribdi. Bir soat o‘tibdi, ikki soat o‘tibdi. Kelin og‘ilxonadan chiqmasmish.
— Bor, xotiningdan xabar olchi, - debdi qaynona o‘g‘liga.
O‘g‘li og‘ilxonadan qaytib kelib, qotib kular emish. Onasi o‘g‘lidan, - nima bo‘ldi?, - deb so‘rasa, o‘g‘li:
— Keliningiz sigirni sog‘ib, "unisini ham sog‘ib olay" deb buqaning ortidan quvlab yuribdi, - dermish.
Kelin ishdan qaytdi. Qarasa bitta ovsini yig‘layotgan emish, ikkinchisi esa kulayotgan emish.
— Nega kulyapsiz? - deb so‘rabdi.
— Qaynonamiz tomga chiqaman deb, umbaloq oshib yiqilib tushdi.
— Unda siz nega yig‘layapsiz, tegida turganmidingiz?
— Yo‘q, man qanaqa qilib yiqilganlarini ko‘rolmay qoldim…
Bir oylik kelin ota uyiga arazlab keldi. Otasi so‘rabdi:
— Yana nima bo‘ldi qizim?
— Erim bilan urishib qoldim.
— Har safar qaynonang bilan urisharding-ku?
— Qaynonam shuncha javrasam ham indamay qo‘ydi, man ham kim bilandir gaplashishim kerak-ku.