Samarqandlik bir opaxon magazindan shifoner olib kelib, uyiga joylashtiribdi.
Opaning ko‘chasidan tramvay o‘tar ekan, tramvay har o‘tganda shifonerni eshigi ochilib ketaveribdi. Opaxon xunob bo‘lib, qo‘shni usta amakini aytib chiqib, tuzatib berishini so‘rabdi.
Usta sababini bilish uchun shifoner ichiga kirib o‘tirsa, aksiga olib opaning eri kelib qolibdi.
Yangi shifonerni ko‘rib, eshigini ochib qarasa ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi.
Shunda er achchig‘i chiqib:
— Hoy, ablah! Birovning yotoqxonasida, shifonerni ichida nima qilib o‘tiribsan?, - desa.
Usta:
— E, qo‘shnijon aytsam baribir ishonmaysiz, tramvay kelishini kutib o‘tiribman, - dermish.