Lof-yolgon haqida latifalar
— Nima uchun farzandlaringizni sochiga oq tushgan?
— Chunki men ularga kechqurun ertak emas, soliq kodeksini o‘qib beraman.
Robot karantin tugashi bilan Grin karta o‘ynab, AQSHga ketmoqchi ekanini aytibdi.
— Yo‘g‘-ye?! Qo‘shni yaxshimikin? Nima ahvolda ekan hozir?
— Boshida xursandchilikdan o‘zini yo‘qotib qo‘ydi. Hozir oz bo‘lsa-yam xursandchiligi tarqadi shekilli sal o‘ziga kelib qoldi.
— Bilasanmi, odamlar men bilan tishlarini yuvishadi.
Shunda sovun xafa bo‘lib:
— Shukur qil! - degan ekan.
— Hoy bo‘ri, o‘t bu yoqqa! - deb maqtanar ekan.
Bir kuni jahli chiqgan bo‘ri daryoni suzib o‘tib quyonni orqasiga berkinib olibdi.
— Hoy bo‘ri, o‘t bu yoqqa! - deyishi bilan bo‘ri:
— Mana o‘tdim! Nima deysan endi?! - desa, quyon:
— Yuring, choyga chaqirgandim, - dermish.
Birinchisi:
— Hamma tugmani bosdim. Nimagadir ochilmadi, - debdi.
Ikkinchisi tugmalardan biriga boshini uribdi. Keyin lift eshigi ochilibdi.
Shunda sherigiga:
— Ko‘rdingmi? Boshni ishlatish kerak! - dermish.
— Xotin, qo‘shnilardan 2 dona tuxum olib tur, - debdi yahudiy.
Yahudiy xotin qo‘shniga chiqib 2 ta tuxum so‘rasa, qo‘shnisi tuxumlarni tarozida tortib berayotganmish.
— Nega tuxumlarni tarozida o‘lchayapsiz? - desa, qo‘shnisi:
— Qaytarib berayotganingizda ham o‘lcham olaman-da, - debdi.
Yahudiy xotin uyiga chiqib eriga:
— Ketdik bu yerdan! Tuxumlarni tarozida o‘lchab beradigan joyda bizga non yo‘q, - debdi.
— Katta ayiq ovladim, - debdi yosh ovchi.
— Qanday ovlading? - so‘rabdi ovchilar undan.
— Birinchi o‘qni otdim, tegmadi. Ikkinchi o‘qni otdim, yana tegmadi. Uchinchi o‘qni ham otdim. U ham tegmadi, - debdi.
— Unda qanday qilib ayiqni o‘ldirding? - deyishsa, yosh ovchi:
— Ayiq kulaverib o‘zi o‘lib qoldi, - dermish.
— O‘rtoq, bir minutga suvdan chiq, - debdi.
Fil:
— Nima bo‘ldi? - deb tashqariga chiqsa, chumoli:
— Bo‘ldi,bo‘ldi cho‘milaver! Men cho‘milish kiyimimni topolmayapman. Sen kiyib olmadingmi deb qaradim, - dermish.
Peshobni idishga olasiz va uni ochiq deraza yoniga qo‘yib qo‘yasiz.
Agar peshobga chumolilar yetib kelsa - qand miqdori oshgan.
Agar pashshalar uchib kelsa - shamollash boshlangan.
Agar arilar uchib kelsa - xolesterin oshgan.
Agar unga hech nima yaqinlashmasa - demak koronavirus!