Bir kuni chumoli bilan fil do‘st bo‘lishibdi. Issiq kunlarning birida fil hovuzda cho‘milayotgan ekan chumoli kelib:
— O‘rtoq, bir minutga suvdan chiq, - debdi.
Fil:
— Nima bo‘ldi? - deb tashqariga chiqsa, chumoli:
— Bo‘ldi,bo‘ldi cho‘milaver! Men cho‘milish kiyimimni topolmayapman. Sen kiyib olmadingmi deb qaradim, - dermish.