Lof-yolgon haqida latifalar

Bir odam ovoz bilan boshqariladigan mashina sotib olibdi.
"Voy dod!" desa to‘xtar ekan. "Hayriyat" desa yurarkan.
Bir kun mashinada ketayotsa, jar tomonga kelib qolibdi.
"Voy dod" desa, mashinasi to‘xtabdi. Shu payt "Hayriyat" degan ekan.
Bolalar bog‘chasida ikkita bola tuvakda o‘tirgan ekan biri debdi:
— Sen o‘g‘il bolamisan, qiz bolami?
— Bilmiman, - debdi.
— Tuvakdan tur-chi, aytaman! - debdi bola.
— O‘g‘il bola ekansan!
— Qayerdan bilding?
— Tuvaging ko‘k rangda ekan. Qizlarni bog‘cha opam qizil tuvakka o‘tkizadilar.
Yigit Bo‘zsuv qirg‘og‘ida o‘tirsa, suvdan bir qurbaqa chiqib qolibdi-yu, tilga kiribdi:
— Meni o‘psang, go‘zal malikaga aylanaman...
Buni ko‘rgan yigit qurbaqani olib cho‘ntagiga solayotganmish:
— Nima qilyapsan? Men go‘zal malikaman, - desa, yigit:
— Go‘zal malikalar tiqilib yotibdi. Gapiradigan qurbaqa hali birorta blogerda yo‘q. Sen menga shundayligincha kerakliroqsan! - degan ekan.
Taksi haydovchisi yo‘lovchini olib ketayotsa, yo‘lovchi:
— Hov anavi kelayotgan ko‘chani boshida to‘xtatib yuboring, - debdi.
Haydovchi bo‘lsa:
— Bugun ko‘zoynagim uyda qolib ketibdi. Tushadigan joyingizda yetib kelganimizda aytarsiz, darrov to‘xtataman mashinani, - dermish.
Agar o‘rmonda oldingizdan ayiq chiqib qolsa, bir chetga o‘tib tilanchiga o‘xshab turib oling. Ayiq ham aniq siz tarafga qaramay o‘tib ketadi.
Eshik taqillabdi. Ayol ochsa, bir yigit turganmish.
— Balkon oynalariga panjara o‘rnatmoqchidim, - debdi yigit.
Ayol:
— Axir bizni uyimizda usta ishlayapti, - desa, yigit:
— O‘sha menman! Balkondan pastga tushib ketdim, - debdi.
Ayrim insonlar shunaqayam "sovuq"ki, ularni qonini ichgan chivin shamollab qolarmush.
— Tovuq birinchi yaratilganmi yoki tuxummi?
— Albatta tovuq!
— Nimaga?
— U xo‘rozni chap qovurg‘asidan yaralgan.
Bir kishi qo‘shnisini darvozasini taqillatib uzoq turibdi. Hech kim ochmabdi.
Birozdan keyin uydan kuchuk chiqib kelibdi-da:
— Ko‘rmayapsanmi, uyda hech kim yo‘q! - debdi.
Haligi odam hushidan ketib qolibdi. O‘ziga kelib qarasa, kuchuk haliyam turgan ekan.
— Sen gapirasanmi? Boshqa kuchuklarga o‘xshab vovullashni bilmaysanmi? - desa, kuchuk:
— Bilaman. Seni qo‘rqitgim kelmadi-da, - dermish.
Do‘konga bir yigit kirib 5 kg go‘sht, 5 kg guruch, yog‘, kolbasa, qizil ikra va yana bir talay tansiq masalliqlarni sotib olsa, do‘konchi bola "Endi meni ham olib ketinglar" debdi.