Lof-yolgon haqida latifalar

Bir kuni Alisher Navoiy shogirdi Xo‘ja Osafiyga nasihat qila boshlabdi:
— Men bir narsaga hayronman. Shunday o‘tkir zehnli, baland ta’bli bo‘la turib, she’r yozish bilan shug‘ullanmaysiz.
— Mavlono xo‘b ayturlar. Afv maqomida uzr bayon qilamanki, endi she’r yozishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishib ketdim. Hatto kechalari ham she’r yozish bilan mashg‘ul bo‘lyapman. Masalan, o‘tgan kecha ikki pulga olingan sham yonib bitguncha, ikki yuz juft bayt yozdim.
— Undoq bo‘lsa, har yuz juft bayting bir pul ekan-da...
Uchta ahmoq aeroportga borishibdi. Birinchisi dvigateli aylanib turgan samolyotni yoniga borib,
— Hozir shu dvigatelni to‘xtataman, - deb barmog‘ini tiqqan ekan, barmog‘i uzilib ketibdi. Og‘riqdan baqira boshlabdi.
Ikkinchisiyam:
— Men to‘xtataman, - deb boshini tiqqan ekan, uni boshi uzilib ketibdi.
Shunda uchinchi ahmoq barmog‘ini ushlab baqirayotganga qarab:
— Nega baqirasan? Barmoqqa shuncha vahimami? Qara, boshini tiqqan jim yotibdi-ku?!, - dermish.
Ikki it o‘rgatuvchi bir-biriga maqtanyapti:
— Meni Bobigim bir yil deganda andjanchaga raqsga tushishni o‘rganib oldi.
— Ha, xabarim bor! O‘tgan kuni Sharigim gapirib bergandi.
Ikkita mardikor boyni uyini kraska qilishayotsa, boyni qo‘shnisi chiqib:
— Kraskani menga sotinglar - debdi. Mardikorlar boyni otini labiga kraskadan surtishibdi-da, kraskani sotib yuborishibdi. Boy kelsa ish to‘xtagan. Mardikorlar dam olib o‘tirishibdi. Boy hayron bo‘lib:
— Nimaga ishlamasdan o‘tiribsizlar? - deb so‘rasa, mardikorlar otni ko‘rsatib:
— Kraskani otingiz ichib qo‘ydi - deyishibdi. Boy otiga qarasa, labi kraska. Shartta cho‘ntagidan to‘pponchasini chiqarib, otini otmoqchi bo‘libdi.
Mardikorlar boyni to‘xtatib:
— To‘xtang, axir ot kraskadan qimmat-ku! - deyishsa, boy:
— Senlar aralashma! O‘tgan yili bu la’nati ikki tonna sementni ham yeb qo‘ygan edi, - dermish.
Er xizmat safaridan qaytib kelib, kiyimlarini olish uchun shkafni ochsa, u yerda begona bir kishi o‘tirganmush.
— Nima qilyapsan bu yerda?!, - desa
— Pokemon qidiryapman, - dermish.
— Kecha bir qush tutdim, — deb gap boshladi bir lofchi — tumshug‘inning o‘zi naqd o‘n olti metr. Qovurg‘alaridan daryoga ko‘prik qurdik.
Boshqa lofchi gapga aralashdi:
— Agar gaping rost bo‘lsa, men ushlagan qushning bolasini tutganga o‘xshaysan.
Avtobus bekatda to‘xtab yana yo‘lida davom etayotsa, bir erkak jon holatda avtobusni orqasidan yugurib kelayotganmish. Qoqilib, yiqilib, yana turib yugurarmish.
Shu payt bir yigit avtobus oynasidan boshini chiqarib:
— Aka avtobusni orqasidan yuguravermang. Hamma kulaverib, ichagi uzilay deyapti, - desa, chopib kelayotgan kishi:
— Agar hozir birortangiz avtobusni to‘xtatmasangiz, boshingiz uziladi... Chunki men shu avtobusni haydovchisiman, - dermish.
Bir kuni maktabda til o‘qituvchilarining kengashi chaqirilibdi. Kengashda Lotin yozuvidagi alifbodan "k" yoki "q" harflarining birini olib tashlash masalasi qo‘yilibdi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar "Q" harfini olib tashlash taklifi bilan chiqishibdi sabab yomon so‘zlar barchasi shu harfdan boshlanadi deb etishdi ular.
Metod birlashma rahbari hammani tinglab qaror qabul qilibdi, lekin chetda turgan 1 o‘qituvchi ularga qo‘shilmapti, nega unga qo‘shilmaysan deganda u:
— "Siqilib ketdim" so‘zini endi bir aytib ko‘ringlarchi debdi.
— Guli, sen butunlay surbetlashib ketyapsan! Kechqurun uyga "drabadang" mast kelding!
— Qanaqa mast! Men ovsinim bilan ozgina ozginadan ichdik xolos! Buni ustiga oshxonadagi idishlarni ham yuvib qo‘yganman.
— Ha, o‘simlik yog‘i bilan!
Jang maydoniga oshpaz emaklab kelib, akopdagi askarlardan:
— Bugun nima ovqat qilay? - desa, bo‘linma komandiri:
— Osh qil! - debdi.
— Necha kilo qilay? - so‘rabdi oshpaz:
— 10 kg necha kishiga yetadi? - debdi yana komandir.
— 90-100 kishiga yetadi, - desa,
— Bo‘lmasa jangdan keyin qilasan, - dermish.