Firibgarlar haqida latifalar

Bir kishi ishdan qaytayotsa, uyini yonida bir lo‘lini uchratibdi. Lo‘li undan:
— Eski-tuski narsalaringiz bo‘lsa olamiz, - debdi.
Haligi kishi:
— Yo‘q! Eski narsalarimiz yo‘q! – deb uyiga kirib ketsa, birozdan kyeyin telefon jiringlabdi.
— Allo, - desa, notanish ovozda kimdir shunday debdi:
— Hovlingiz eski-tuski narsalarga to‘la ekan. O‘zingizni xabaringiz yo‘qmi!? Yig‘ishtirib olib ketdik.
Bir odam qo‘shnisidan hol ahvol so‘rabdi:
— Ha, qo‘shni, xomush ko‘rinasiz, tinchlikmi?
Qo‘shnisi:
— Ee, bir do‘stim plastik operatsiya qildiraman deb, 1000 dollar qarz olgan edi, endi yuzini o‘zgartirib olib, qochib yuribdi, yaramas, - dermish.
Bir kampir magazinga kirib, sotuvchi qizdan so‘rabdi:
— Qizim, sizlarda muzlatilgan tovuq bormi?
Qiz muzlatgichga karasa, bitta tovuq bor ekan:
— Ha, bor. Sizga nechta kerak?
— Bittasini tortginchi?
— Mana, 1.5 kilo...
— Og‘irrog‘idan bormi?, - debdi kampir.
Qiz boyagi tovuqni bildirmay aylantiribdi-yu, yana tortibdi:
— Bunisi 2 kilo. Bo‘ladimi?
— Bo‘ladi qizim. Ikkalasiniyam o‘rab ber. Nevaralarimga bir tabaka qib beray!
Bir kuni boshliq qo‘l ostidagi ishchisining uyiga mehmonga kelibdi. Qafasdagi to‘ti boshliqqa qarab hadeb:
— Sen ablahsan, sen ablahsan, - deyaveribdi.
Jahli chiqqan boshliq ishchisiga qarab:
— Agar mana shu to‘tingni qovurib kelsang, senga istaganingcha pul beraman, - debdi.
Ishchisi to‘tini olib, oshxonaga chiqibdi. To‘tiga rahmi kelib, muzlatgichdan tovuq go‘shtini olibdi-yu, qovuribdi. To‘tini esa oshxonada stol ostiga yashirib qo‘yibdi.
Tovuq go‘shtini to‘tiniki deb o‘ylab, paqqos tushirgan boshliq endi eshikdan chiqib ketayotsa, ishchisi:
— Xo‘jayin, pullarni bermaysizmi? - desa, boshliq:
— Qanaqa pul? Nima deyapsan?! - deb o‘dag‘aylay boshlabdi. Shu payt oshxonadan:
— Aytmadimmi, sen ablahsan deb! - dermish to‘ti.
— Tovlamachi, firibgar odamni ajrata olasanmi?
— Bilmayman, qanday qilib?
— 100 ming bersang aytaman.
— 100 ming?! Bermayman!
— Ajrata olar ekansan-ku!