Poshshoning hovliqma vaziri bor edi. Bir kuni u maqtana boshladi:
— Dunyoda men o‘qib o‘rganmagan ilm-hunar, men yecholmaydigan masala yo‘q!
Bu gaplardan achchig‘langan Afandi so‘radi:
— Shunday donishmand ekansiz, bir savol beray, javob bering?
— Marhamat.
Afandi cho‘zib hushtak chaldi-da:
— Shunga to‘rtta tugma qadab bering,—dedi.